Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda 68 nafar bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgan, shamollashga qarshi qo‘llangan “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha jinoyat ishi ko‘rib chiqilayotgan sudda yana bir sudlanuvchi bosimga uchraganini ma’lum qildi. Shu sabab unga nisbatan sud tibbiy ekspertizasi tayinlandi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri. 

Ta’kidlanishicha, sudning 2024-yil 29-yanvar kuni davom etgan navbatdagi majlisida Quramax Medical MCHJ direktori, hindistonlik sudlanuvchi S.R.P. so‘z olib, tergovda bosimga uchraganini bildirdi. 

Sudlanuvchi S.R.P.ning unga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar amalga oshirilgani to‘g‘risidagi ko‘rsatuvlaridan so‘ng ajrim qiladi. Sudlanuvchining sog‘lig‘i holati yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlansin. Ekspertiza o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Toshkent shahar filiali ekspertlari zimmasiga yuklatilsin, — dedi sudlov hay’ati raisi Muso Yusupov. 

Sudya mutaxassislarga bir nechta topshiriq berib, “Sudlanuvchining tanasida shaxsni qiynoqqa solish vaqtida olishi mumkin bo‘lgan tan jarohati va ularning izlari mavjudmi, agar mavjud bo‘lsa, ularning yetkazilgan muddati, joylashgan o‘rni va mexanizmi qanday, tan jarohatlari qanday predmet ta’sirida yetkazilgan bo‘lishi mumkin, mazkur tan jarohatlarini o‘ziga o‘zi yetkazgan bo‘lishi mumkinmi kabi savollarga javob topishni buyurdi.

Sud tibbiy ekspertizasi 2024-yilning 30-yanvar kuni o‘tkaziladi. 

Avvalroq Farmatsevtika agentligining “Dok-1 Maks” bo‘yicha sudlanayotgan sobiq rahbari o‘ziga nisbatan bosimlar bo‘lganini aytgach, uning sog‘lig‘i va tanasidagi jarohatlarni aniqlash maqsadida sud tibbiy ekspertizasi tayinlangandi, biroq ekspertiza davomida uning tanasida jarohatlar aniqlanmagani ma’lum qilingandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »