Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda kamida 68 nafar bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgan “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan sudning navbatdagi majlisida hindistonlik sudlanuvchi, Quramax Medical MCHJ direktori S.R.P. ga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasini qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa ehtiyot chorasiga o‘zgartirish so‘raldi. Bu haqda sud majlisida ishtirok etayotgan “Daryo” muxbiri xabar berdi. 

Foto: “Daryo”

Mazkur iltimosnoma sudlanuvchining advokati Davron Ahmadov tomonidan kiritilgan bo‘lib, S.R.P.ning dini, vegetarianligini inobatga olish so‘raldi. Advokatga ko‘ra, himoyasi ostidagi sudlanuvchi tergov hibsxonasidagi ovqatlarni iste’mol qilolmayapti. Shu sabab ayni kunga qadar 15 kilo vazn yo‘qotgan. Sog‘lig‘ida muammolar paydo bo‘lmoqda. 

Foto: “Daryo”

Advokatning qo‘shimcha qilishicha, sudlanuvchida bronxial astma, surunkali gastrit kasalliklari mavjud bo‘lib, yillar davomida davolanib kelgan. 

Sud mazkur iltimosnomani yana rad etdi.

Eslatib o‘tamiz, hindistonlik S.R.P.ning advokati Davron Ahmadov dastlab 2023-yilning 11-avgust kuni sud hayʼatidan himoyasi ostidagi ayblanuvchining dini, vegetarianligini inobatga olib, unga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasini bekor qilishni, ayblanuvchiga qamoqqa olish bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyot chorasi qo‘llanilishini so‘ragandi. Sud bu iltimosnomani rad etgandi. Bu haqdagi ikkinchi iltimosnoma esa sudning 2023-yil 4-oktyabr kuni davom etgan majlisida yangragandi. Sud o‘shanda ham mazkur iltimosnomani barvaqt kiritilgan iltimosnoma deb baholab, rad etgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »