Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Dok-1 Maks” sudida rasmiylar, xususan, davlat ayblovchisi O‘zbekistonda mazkur siropdan vafot etgan bolalar soni 68 nafar ekanini ma’lum qilib, dastlab Oliy sud tomonidan e’lon qilingan raqamlar o‘zgarganini tasdiqladi. Bu haqda sud majlisida qatnashayotgan “Daryo” jurnalisti xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Sudning bugun, 10-yanvar kuni davom etayotgan navbatdagi majlisida 23 nafar sudlanuvchilarning shaxsiga aniqlik kiritilib, ularning huquq va majburiyatlari haqida tushuntirilgan.

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha davom etayotgan sudning bundan avvalgi majlisida mavjud jinoyat ishiga yangi jinoyat ishi qo‘shilib, bitta ish yurituviga biriktirilgani, holat yuzasidan 17 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar berilgandi.

Foto: “Daryo”

Sud majlisida ayblovni o‘qib eshittirgan prokurorga ko‘ra, siropdan vafot etgan bolalar soni 68 nafarga yetib, dastlab Oliy sud tomonidan e’lon qilingan raqamlar o‘zgargan.

Sirop bo‘yicha bo‘lib o‘tgan sud majlislarining birida Samarqand viloyati Bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi Mamatqul Azizov siropdan vafot etganlar 66 nafar ekanini, vafot etgan bolalar ro‘yxatidan tushib qolgan yana bir marhum bola borligini ochiqlagandi.

Tergov e’lon qilgan qo‘shimcha jinoyat ishida yozilishicha, “Dok-1 Maks” siropidan yana 16 nafar bola og‘ir, 2 nafari esa yengil tan jarohati olgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »