Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudga guvohlikka chaqirilgan Farrux Tolipov qamoqqa olindi. Unga nisbatan tergov harakatlari boshlangani uchun sirop ishini ko‘rib chiqayotgan sud bir oy muddatga tanaffus e’lon qildi, deya xabar berdi “Daryo” jurnalisti. 

Mazkur sud ishini ko‘rib chiqayotgan sudya Muso Yusupov boshchiligidagi sudlov hay’ati, bugun, 1-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi sud majlisida advokat Temur Rahmatov tomonidan kiritilgan iltimosnoma qanoatlantirilganini e’lon qildi. 

Tergov organi tomonidan Tolipov Farrux tergovga jalb qilinib, 2023-yilning 23-noyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudining ajrimi bilan unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tolipovga Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 3-qismi “a” bandi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish, shuningdek, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini resept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan ayblov e’lon qilinib, tergov ketmoqda. Advokat tomonidan keltirilgan iltimosnomada tilga olingan holatlar ayblovda mavjud, — dedi sudya Muso Yusupov bu haqida gapirar ekan. 

Sudda tushuntirilishicha, mazkur ishdagi bir oylik tanaffus ushbu jinoyat ishiga aloqador yangi shaxslar tergov organi tomonidan ayblanganligi va boshqa asoslarga ko‘ra belgilangan.

Farmatsevtika agentligining sobiq rahbari S.K.ning advokati Temur Rahmatov tomonidan kiritilgan iltimosnomada Jinoyat protsessual kodeksining 417-moddasiga asosan sudda so‘roq qilingan Ulug‘bek Egamovga (Farmatsevtika agentligining sobiq rahbari S.K.ning birinchi o‘rinbosari sifatida, keyinchalik Farmatsevtika agentligi direktori sifatida ishlagan) nisbatan jinoyat ishi ochish haqida prokuraturaga xabarnoma berish so‘ralgandi. Shuningdek, yana bir guvoh Umid Temirov (Farmatsevtika agentligining sobiq rahbari S.K.ning yordamchisi vazifasida ishlagan)ga nisbatan ham jinoyat ishi ochilishi so‘ralgandi.  

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »