Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahar sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan salkam to‘rt oydan beri ko‘rib chiqilayotgan “Dok-1 Maks” sudining 22-noyabr kuni davom etgan navbatdagi majlisida sudga chaqirilgan guvohlarga qarshi jinoyat ishi ochish so‘raldi. Bu haqda sudda qatnashgan “Daryo” jurnalisti xabar berdi. 

Bu haqidagi iltimosnomalar sudlov hay’atiga Farmatsevtika agentligining sobiq rahbari S.K.ning advokati Temur Rahmatov tomonidan kiritildi. 

Foto: “Daryo”
Jinoyat protsessual kodeksining 417-moddasiga asosan uchta iltimosnoma kiritmoqchiman. Birinchisi sudda so‘roq qilingan Ulug‘bek Egamovga (Farmatsevtika agentligining sobiq rahbari S.K.ning birinchi o‘rinbosari sifatida, keyinchalik Farmatsevtika agentligi direktori sifatida ishlagan) nisbatan jinoyat ishi ochish haqida prokuraturaga xabarnoma berish to‘g‘risidagi iltimosnoma. Sudda so‘roq qilingan guvohning harakatlarida jinoyat alomatlari aniqlansa, sudning bu haqida xabarnoma berib, ajrim chiqarishi ko‘zda tutilgan. Ulug‘bek Egamovning dastlabki tergovdagi ko‘rsatmalari, shuningdek, sudlanuvchi A.A.ning unga nisbatan bergan ko‘rsatmasidan xulosa qiladigan bo‘lsak, Ulug‘bek Egamov A.A.ga xizmat vakolatiga kirmagan ish bo‘yicha topshiriq (“Kuraraks” dorisini inspeksion tekshiruvdan olish bo‘yicha) bergani, Telegram dagi yozishmalaridan ham aniqlangan. Bu haqda skrinshotlar bor. Nimagadir dastlabki tergov Egamovga nisbatan jinoyat ishi qismini bekor ham qilmagan. Bu jinoyat protsessual qonunchiligining qo‘pol buzilishi deb hisoblaymiz. Shu sabab bu haqda prokurorga xabar berish kerak deb o‘ylaymiz, — dedi dastlabki iltimosnoma haqida gapirgan advokat. 

Advokat Temur Rahmatov iltimosnomasini davom ettirar ekan, yana bir guvoh Umid Temirov (Farmatsevtika agentligining sobiq rahbari S.K.ning yordamchisi vazifasida ishlagan)ga nisbatan ham jinoyat ishi ochilishini so‘radi. 

Umid Temirovga nisbatan Jinoyat protsessual kodeksining 84-moddasiga asosan dastlabki tergov qismini bekor qilish bo‘yicha, ya’ni 209-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat sodir etganligi, uning birinchi marta jinoyat sodir etishi, pushaymonda bo‘lganligi haqidagi arizasi mavjudligiga ko‘ra, qisman bekor bo‘lgan. Biz jinoyat ishini ko‘rib chiqish davomida bitta dori vositasi bo‘yicha emas, ikki-uchta dori vositasi bo‘yicha protokollar qalbakilashtirilganini aniqladik. Bundan tashqari Temirov sud majlisida dastlabki tergovda bergan ko‘rsatmalarini tamoman o‘zgartirdi. Lekin holat boshqacha bo‘lib chiqyapti. Buni tekshirish lozim. Shu sabab Temirovning harakatlariga baho berish uchun, bila turib yolg‘on ko‘rsatma berganligi, hujjatlarni takroran qalbakilashtirilgan holatlarni tekshirish uchun materiallarni prokurorga yuborishni so‘rayman, — dedi advokat. 

Advokat Rahmatov uchinchi iltimosnomasida sudga guvoh sifatida chaqirilgan Farrux Tolipov ishiga ham e’tibor qaratish lozimligini aytdi. 

Dastlabki tergovda S.R.P. (hindistonlik sudlanuvchi)  to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatma berib, boshqa davlat tomonidan berilgan guvohnomani qalbakilashtirish uchun 1000 dollar berganman dedi. Sudda Tolipovga S.R.P.ni taniysanmi deb savol berganimizda yo‘q deb javob bergan. Lekin bizning advokatlik surishtiruvlarimiz davomida hindistonlik S.R.P. bilan 25 marotaba telefonlashgani ma’lum bo‘ldi, — deydi advokat Rahmatov. 

Advokatning ainqlashtirishicha, Tojikistonda ro‘yxatdan o‘tgan doriga berilgan guvohnoma aynan shu guvoh tomonidan qalbakilashtirilgan. 

Tolipov hali ham ishlayapti. Biz esa hali ham dori iste’mol qilamiz. Bu narsaning oldini olish kerak. Chek qo‘yish kerak, — deydi advokat. 

Advokatning iltimosnomalari Farmatsevtika agentligining sobiq rahbari S.K.ning boshqa advokatlari tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlangan bo‘lsa, hindistonlik sudlanuvchi S.R.P.ning advokati Davron Ahmadov tomonidan rad etilishi so‘raldi. Qolgan advokatlar va sudlanuvchilarning ayrimlari iltimosnomani qo‘llagan bo‘lsa, boshqalari sudga havola qildi.

Sudlov hay’ati mazkur iltimosnoma bo‘yicha aniqlashtiriladigan holatlar borligini, so‘rov yuborilib, aniqlashtirilgan holatlarga ko‘ra, juma, 24-noyabr kuni davom etadigan sud majlisida ajrim qabul qilish masalasini muhokama qiladigan bo‘ldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »