Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda eng kamida 65 nafar bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgani aytilayotgan “Dok-1 Maks” siropidan yana 16 nafar bola og‘ir, 2 nafari yengil tan jarohati olgani, 3 nafar bola esa zaharlanish oqibatida vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Dok-1 Maks” ishini ko‘rib chiqayotgan sud raisi Muso Yusupov ma’lum qildi. 

“Dok-1 Maks” ishini ko‘rib chiqayotgan sud bir oylik tanaffusdan so‘ng, 2024-yilning 5-yanvar kuni o‘z ishini davom ettirdi. 

Foto: “Daryo”

Sud avvalida sudlov hay’ati tomonidan mazkur sirop iste’mol qilishi oqibatida 16 nafar bola hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir, 2 nafar bola hayot uchun xavfli bo‘lmagan yengil tan jarohati olgani, zaharlanish sabab 3 nafar bola vafot etgani ma’lum qilinib, holat yuzasidan yana 17 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani bildirildi. 

Foto: “Daryo”
Foto: “Daryo”
Sud tomonidan ko‘rib chiqilayotgan avvalgi jinoyat ishiga yangi jinoyat ishi qo‘shilib, bitta ish yurituviga biriktirildi. Endi ikkita jinoyat ishi bitta ish yurituvga biriktirilgan holda bitta ish sifatida ko‘rib chiqiladi. Shu sabab sud jarayoni kelasi chorshanba, 10-yanvarga qadar tanaffus e’lon qildi, — deydi sudlanuvchilardan birini himoya qilayotgan advokat Davron Ahmadov. 
Foto: “Daryo”

Ta’kidlanishicha, mazkur ish bo‘yicha jabrlanganlar 10-yanvardan boshlab davom etishi rejalashtirilgan sud majlislarida ixtiyoriy tarzda qatnashishi yoki qatnashishni rad etishi ham mumkin.

“Dok-1 Maks” ishini ko‘rib chiqayotgan sudya Muso Yusupov boshchiligidagi sudlov hay’ati, 2023-yilning 1-dekabr kuni advokat Temur Rahmatov tomonidan kiritilgan iltimosnoma qanoatlantirilganini e’lon qilib, tergov organi tomonidan Farrux Tolipov tergovga jalb qilinganini ma’lum qilgandi. Hamda mazkur ishdagi bir oylik tanaffus ushbu jinoyat ishiga aloqador yangi shaxslar tergov organi tomonidan ayblanganligi va boshqa asoslarga ko‘ra belgilanganini ochiqlagandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »