Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farmatsevtika agentligining “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha sudlanayotgan sobiq rahbari S.K. sudning 10-yanvar kuni davom etgan navbatdagi majlisida tergov jarayonlari haqida gapirib berdi.

24-yanvarda (2023-yilning yanvar oyi — tahr. izohi) kafeda o‘tirganimda 3 ta melisa videokameralar bilan kelib, tomosha ko‘rsatdi. “Mana korrupsionerni ushladik, dorichilarning kattasini ushladik” deb, vahima bilan OAVda ko‘rsatib, olib ketishdi. Chaqiruv qog‘ozida guvoh sifatida kelib-ketishingizni so‘raymiz, deb xat taqdim qilishgandi. O‘sha asosida telefon qilishsa ham boraverardim. Hech qayoqqa qochib ketadigan joyim yo‘q edi. Yo‘q, tomosha ko‘rsatishlari kerak edi. Meni internetda yomonlab qo‘yishgan-ku, rahbariyatga yomonlab qo‘yishgan. “Bu yaramas, mana bu ishlarni qilib qo‘ygan”, deb. Shuning uchun tomosha ko‘rsatib, qamashi kerak edi — boshqa iloji yo‘q edi. Xo‘p, olib borib qamashdi, advokat chaqirishdi. Advokat oldida “Ayting-chi, siz bu narsani qildingizmi? Ayting-chi, siz bu topshiriqni berdingizmi”, “Yo‘q, unaqa edi, bunaqa edi. Ali edi, Vali edi”, “Bo‘ldi, rahmat, mana bunga qo‘l qo‘yib bering. Bo‘ldi, kamerani o‘chiring, advokat sizga rahmat, sog‘ bo‘ling. Kariyevni olib qolamiz, tergov harakatlari davom etadi”, deyishdi.

Sudlanuvchining qo‘shimcha qilishicha, tergovda u qamalsagina, xalq tinchlanishi haqida aytilgan.

“Sen rahbarsan, sening aybing shunda. Biz kattaroq odamni qamashimiz kerak. Xalqning ko‘zi qonga to‘lgan, oilalar bolasiz qolib ketgan. Bitta laboratoriya xodimi xato qilib qo‘ygani hech kimni qiziqtirmaydi. Imenno Kariyev Sardor Hikmatovich, agentlik direktori, mana seni qamashimiz kerak, o‘shanda xalq tinchiydi” deyishdi. “Men ham shu xalqning vakiliman, qiziq ekansizlar-ku. O‘zbek xalqi tushuntirsang tushunadi-ku” dedim, — deydi u.

Ayblanuvchi oxirgi umidi odil suddan ekanini bildirdi.

“Hurmatli sudya, oxirgi umidim suddan. Huquqiy davlatdan yashayapmiz deb o‘ylayman. Mayli endi, tergovning o‘z qarashlari bor. Bir yildan beri qamoqda o‘tiribman. Umidim odil suddan”, — dedi.

Sudlanuvchining mazkur ko‘rsatmalarini tinglagan sudya holat sud tomonidan holat o‘rganib chiqilishi kerakligini, sud majburiy tekshiruv o‘tkazishi lozimligini taʼkidladi.

Hurmatli sud, bir yildan keyin qanday ekspertiza qilasiz, men uni bilmayman. Lekin bu bo‘yicha o‘sha zahoti advokatlarimga aytganman. Ular bu bo‘yicha munosabat bildirgan. Tergovga xat yozilgan, izolyator rahbariga xat yozilgan. Menga jismoniy tazyiqlar o‘tkazilayotganini aytganman. Bundan keyin izolyator do‘xtiri qabul qilgan. Ikkita savol berib, tashxis qo‘yib qo‘ygan. “Senga hech narsa qilmaydi, bo‘ldi, boraver”, degan. Oradan bir yil o‘tdi. Jarohat izlari yo‘q hozir, — dedi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »