Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha davom etayotgan sudning navbatdagi majlisida jabrlanuvchilardan biri nogiron bo‘lib qolgan farzandini davolatish uchun 5 milliard so‘m so‘ragan bo‘lsa, yana biri 8 milliard so‘m talab qilayotganini ma’lum qildi. Bu haqda sudda qatnashgan “Daryo” muxbiri xabar berdi. 

Sudning bugun, 17-yanvar kuni davom etgan majlisida Marion Biotech PVT. Ltd korxonasining “Dok-1 Maks” va “Ambronol” siropini iste’mol qilishi ortidan nogiron bo‘lib qolgan va bolasi vafot etgan jabrlanuvchilar tinglandi. 

Foto: “Daryo”
2019-yil tug‘ilgan bolamning tomog‘i og‘rigani sabab dorixona xodimi tavsiyasi bilan shu dorini olib ichirgandik. O‘g‘lim bu siropni avval ham ichgandi. Dori to‘rt kun ichilgan. Beshinchi kuni bolam qayt qilib, tobi qochdi. Oilaviy poliklinikaga chiqdik. Shifokorlar dori yozib berishdi, uyga qaytdik. Beshinchi kuni ishdan kelsam, bolamning issig‘i chiqayotgan ekan. Dori berib, issig‘ini tushirdik. Ertasi kuni ishda bo‘lganim sabab, dadam yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib boribdi. U yerda o‘g‘limni ko‘richak deyishibdi. Quvasoy shahar shifoxonasining shifokorlari esa tekshirib ko‘rib, ko‘richak emas deyishgan. O‘sha kuni ukol olib uyga qaytishgan. Ertasi kuni o‘zim yana ukol olsa yaxshi bo‘lar degan umidda shifoxonaga olib bordim. U yerdagilar “bizning kasallik emas, u yoqqa olib bor, bu yoqqa olib bor”, deyishdi. So‘ngra yaxshi bolalar shifokorini aytishib, ko‘rsating deyishdi. Xullas, shu tarzda o‘g‘limni viloyatdagi shifoxonaga olib bordik. Buyrak yetishmovchiligi deyishdi, — deydi 5 yoshli Nodirbek Alijonov otasi, jabrlanuvchining qonuniy vakili Anvar Abdullayev. 
Foto: “Daryo”

Ayni kunda besh yoshga to‘lgan Nodirbek Alijonov doridan zaharlanish sabab ko‘rmaydigan, eshitmaydigan va gapira olmaydigan bo‘lib qolgan. 

O‘g‘lim bugungi kunda deyarli ko‘rmaydi, eshitmaydi va gapira olmaydi. O‘tira olmaydi, faqat yotadi. Mustaqil harakatlana olmaydi. Hatto hojatini ham tabiiy yo‘l bilan chiqarolmaydi. Bir daqiqa nazoratsiz qoldirsak, xavfli, — deydi bolaning otasi. 

Jabrlanuvchi otaning ma’lum qilishicha, o‘g‘li viloyatda davolanayotgan paytda viloyat hokimining shaxsan o‘zi — Xayrullo Bozorov bolaning sog‘lig‘ini o‘z nazoratiga olgan. Viloyat hokimining 250 million so‘mlik homiylik yordami evaziga xorijda ham davolatilgan.  

Foto: “Daryo”
Shifoxonaga borgan kunimizdan ikki kun o‘tgach, bolam komaga tushib qoldi. Kam-kam peshob qila boshladi. Sal o‘ziga kela boshlagach, “dada, uyga olib keting”, derdi. Ko‘p o‘tmay, bolamni Toshkentga olib keldik. Farzandim bu yerda ikki oy komada bo‘ldi. 40 martadan ortiq dializ qilindi. To‘qqiz oy Toshkentda sarson bo‘lib yurdik, — deydi u.

Jabrlanuvchi otaning qo‘shimcha qilishicha, u ayni kunga qadar farzandini davolatish uchun 300 million so‘m miqdorida xarajat qilgan. Shuningdek, u sudyaning “bolangizni davolatish uchun qilingan xarajatlar va bundan keyingi davolanishlari uchun qancha tovon puli so‘raysiz”, degan savoliga 5 milliard talab qilayotganini ma’lum qildi. 

Shuncha paytdan beri yaxshi holatlarni ochyapsiz. Bu ishni sizga ishonib topshirishgan. Biz ham sizga ishonib kelganmiz. Bularning birortasiga borib, uncha berasan, buncha berasan demadik. O‘tgan safar sherigim joni achishib, 3 milliard so‘m talab qilganiga e’tirozlar bo‘libdi, men 5 milliard so‘m so‘rayman, — dedi Anvar Abdullayev.

“Dok-1 Maks” siropi sabab gapirishdan, yurishdan to‘xtagan va birinchi guruh nogironiga aylangan 5 yoshli Alibek O‘ktamovning otasi Feruz Nuritdinov sudning avvalgi majlisida farzandini davolatish uchun ayni kunga qadar 35 ming dollar xarajat qilganini, bolasi sog‘ayib ketishi uchun yana 3 milliard so‘m kompensatsiya so‘rashini ma’lum qilgandi. Bugungi sudda u advokat Rajabovning “nega sudlanuvchilardan bu pulni talab qilyapsiz?”, deya aytgan e’tirozidan so‘ng, fikrini o‘zgartirganini, endilikda 8 milliard so‘m so‘rashini bildirdi. Va sudyadan bu haqda rasmiy hujjatlarga yozib qo‘yishini iltimos qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »