Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda kamida 68 nafar bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgan “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha davom etayotgan sudda buxorolik jabrlanuvchi G‘ofurjon Rahimov so‘z olib, vafot etgan bolalar orasidan kelajakda prezident, bosh vazirlar chiqishi mumkinligini aytib, afsusdaligini bildirdi. Bu haqda sudda qatnashgan “Daryo” jurnalisti xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, G‘ofurjon Rahimov 2020-yil 28-dekabrda tug‘ilib, 2 yoshida shamollashdan sog‘ayish maqsadida qabul qilgan “Ambronol” siropi sabab ko‘rmaydigan, eshitmaydigan bo‘lib qolgan Muxtorjon Mirrahmonovning otasi hisoblanadi. 

G‘ofurjon Rahimov.
Foto: Videodan kadr
O‘g‘lim shamollab qolgach, mahalladagi poliklinikaga olib chiqdik. Patronaj hamshira antibiotik qilaman, dedi. O‘g‘lim ukoldan qiynalmasin, deb siropmi, tabletkami yozib bering dedim. “Quyonchali Ambroksol oling, o‘sha yaxshi”, dedi. Dori olish uchun ayolimni dorixonaga jo‘natib, o‘zim o‘g‘limni olib, uyga qaytdim. Mahallamizdagi dorixonada “Ambroksol yo‘q, o‘rniga Ambronol bor. Odamlar ichiryapti, yaxshi”, degan.
Olib kelib, 3 kun ichirdik. Shundan so‘ng bolamda qusish boshlandi. Yerga ursa, ko‘kka sapchiydigan bola umuman ovqat yemay qo‘ydi. Faqat yotadi, so‘rg‘ich so‘raydi. Butilkadan sut ham ichmay, qo‘shimcha ovqat ham yemay qo‘ydi. Tez yordamga olib borsak, ikki kundan beri bola siymayapti, nima qilib yuribsan, deyishdi. Shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga olib bordik. U yerda “Biz bu kasallikni davolay olmaymiz, gemodializ yo‘q”, deyishdi. Viloyatga bor deyishdi. Viloyatda esa yosh bolalar uchun kateter yo‘q ekan. Buni biz davolay olmaymiz, Toshkentdagi 16-“balnitsa”ga olib borgin deb, jo‘natib yuborishdi, — deydi jabrlanuvchi ota. 

Otaning ma’lumot berishicha, Toshkentdagi shifoxonaga olib kelingan o‘g‘li 2022-yilning 30-dekabr kuni komaga tushib, 2023-yilning mart oylarida komadan chiqqan. 

Har kuni “do‘xtir”dan so‘rayman. Komaning ham har xil ko‘rinishi bor ekan. Ikkiga tushib qoldi, uchga tushdi, to‘rtga tushdi, tayyorgarligingni ko‘r deyishdi. Bu holatni hech kimga ravo ko‘rmayman, — deydi ota.

Bildirilishicha, Muxtorjon Mirrahmonov komadan chiqqach, ko‘rmaydigan, eshitmaydigan nogironga aylangan. 

Qarzlarim ko‘payib ketdi. Kecha davlatdan yana 350 million so‘m kredit olib, o‘g‘limni Hindistonga yubordim. Qulog‘ini davolasa bo‘ladi, ammo ko‘zini davolash qiyin deyishmoqda. 20-30 foiz kafolat berishmoqda, — deydi G‘ofurjon Rahimov.

Otaning qo‘shimcha qilishicha, bolasining davolanishi uchun u 100 ming dollarga da’vo qiladi. 

68 ta itni ham o‘ldirishning iloji yo‘q-da. Odamning rahmi keladi-da. Shu bolalardan kimdir chiqishi mumkin edi. Prezident, senat, bosh vaziri chiqishi mumkin edi. Qirib tashladilar. 68 nafar bolani qirib tashlash — vaxshiylikda. Ko‘proq jazo berish kerak, — deydi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »