Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda kamida 68 nafar bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgan sirop voqeasi bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan sudning navbatdagi majlisida Farmatsevtika agentligining “Dok-1 Maks” bo‘yicha sudlanayotgan sobiq rahbari tanasida jarohatlar aniqlanmagani ma’lum qilindi. Bu haqda sudda qatnashgan “Daryo” jurnalisti xabar berdi. 

Foto: “Daryo”

Sudya Muso Yusupovning ma’lumot berishicha, tibbiy ekspertiza 15-yanvar kuni o‘tkazilgan bo‘lib, ekspertiza davomida sobiq amaldorning tanasida tan jarohatlari aniqlanmagan. Shuningdek, sudlanuvchidagi mavjud umurtqa pog‘onasidagi churra kasalligi uning hibsxonada saqlanishiga to‘sqinlik qilmaydi. 

Sudning 2024-yil 12-yanvar kuni o‘tkazilgan majlisida Farmatsevtika agentligining sobiq rahbari S.K.ga nisbatan sud tibbiy ekspertizasi tayinlangani, bunga ayblanuvchi advokatining bu haqidagi so‘rovi sabab bo‘lgani aytilgandi. 

Sudlanuvchining advokati Temur Rahmatov sud hay’atiga iltimosnoma kiritib, S.K.ning tergov davomida qiynoqqa solingani, g‘ayriqonuniy tarzda so‘roq qilinib, ruhiy va jismoniy bosimlarga uchraganini aytgandi. Hamda holatni sud tibbiy ekspertizasi orqali aniqlashtirishni iltimos qilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »