Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda bir necha oy davomida jamoatchilik e’tiborini o‘ziga qaratgan “Dok-1 Maks” ishi yakunlanayotgani, sudlov hay’ati maslahatga kirgani xabar berilgandi. Sudning bugun, 19-fevral kuni davom etgan navbatdagi majlisida so‘z olgan sudlanuvchilardan biri 3,5 oy davomida tergov hibsxonasida nohaq saqlangani va unga nisbatan asossiz ayblovlar qo‘yilganini aytib, buning uchun moddiy va ma’naviy zarar undirmoqchiligini ma’lum qildi. Bu haqda sudda qatnashgan “Daryo” jurnalisti xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Sudda so‘z olgan sudlanuvchi N.Sh. 2023-yil sirop ishi bilan bog‘liq mazkur jinoyat ishi doirasida unga nisbatan dastlab qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilganini, shuningdek nohaq ayblovlar qo‘yilganini aytib, bu o‘z isbotini topmagani uchun kompensatsiya so‘radi.

Foto: “Daryo”

Menga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi noto‘g‘ri qo‘llanilib, asossiz ayb e’lon qilingani uchun suddan moddiy va ma’naviy zarar kompensatsiya tarzida to‘lab berilishini so‘rayman, — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha dastlab 21 nafar shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, ularning 7 nafariga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgani ochiqlangandi. Sud tergovi davomida yana 2 nafar sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Sud tergovi paytida aniqlanishicha, tergov paytida 7 nafar sudlanuvchidan tashqari bir nechta sudlanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »