Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda yo‘talga qarshi qo‘llanilgan sirop sabab 68 nafar bola vafot etdi. Kamida 16 nafar bola hayot uchun og‘ir, 2 nafari esa yengil tan jarohati sabab nogiron bo‘lib qoldi. “Dok-1 Maks” sudida ayblanayotgan sobiq mas’ullar O‘zbekistonga yana shunday zaharli modda kirib kelishi va dorilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, mamlakatga olib kirishning ayni kundagi tartibi o‘zgartirilmasa, fojia takrorlanishi mumkinligini bildirgandi. Ayni kunda lavozimda turgan mas’ullar esa sirop fojiasidan so‘ng, tartib o‘zgartirilganini, voqea takrorlanishi mumkin emasligini aytmoqda. Bu haqda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi yig‘ilishida so‘z bordi. 

Tadbir avvalida so‘z olgan mas’ul — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov sohada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar va rejalar haqida gapirib berdi. Shundan so‘ng jurnalist va blogerlar mas’ullardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. 

Foto: “Daryo”

Jumladan “Daryo” jurnalisti “Dok-1 Maks” ishini ko‘rib chiqayotgan sudda yangragan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda “O‘zbekistonda ‘Dok-1 Maks’ fojiasi takrorlanmaydimi? Mamlakatga kirib kelayotgan zaharli dorilarni ushlab qolish imkoniyati bormi? Sudda so‘z olgan sobiq mas’ullar O‘zbekistonga ‘Dok-1 Maks’ kabi zaharli dorilar kirib kelsa, amaldagi tekshirishda buni aniqlash imkoni yo‘qligini aytmoqda, bunga nima deysiz?”, — deya savol berdi. 

Foto: “Daryo”

Savolga javob bergan mas’ul, Davlat farmakopeyasi bosh muharriri Habibulla Jalilov ayni kunda tartib o‘zgarganini, fojia takrorlanmasligini aytdi.

Foto: “Daryo”

Dori vositasini ishlab chiqarish jarayoni ko‘p bosqichli. Va mana shu ko‘p bosqichning har bittasida o‘ziga vakolatli bo‘lgan shaxslarga yuklatib qo‘yilgan. “Dok-1 Maks”da yuzaga chiqib, bolalarning zaharlanishiga sabab bo‘lgan primis uning xomashyosida tekshirib, o‘sha jarayonda, Hindistondagi ishlab chiqaruvchi tomonidan to‘xtatilgan bo‘lishi kerak edi. O‘sha yerda qilinadigan ishni, tayyor preparatda aniqlash mumkin emas. Chunki “Dok-1 Maks” preparatini tayyorlashda 12 ta har xil moddalar aralashtiriladi. Har bitta modda toza vaqtida, xomashyosida qancha qo‘shimcha moddalar bor, qancha primislar bor aniqlash imkoni bor.

Lekin hammasi aralashib ketganidan so‘ng bunaqa imkoniyatni bermaydi. Shu bois, bu ishlab chiqaruvchi korxonaning vakolatida. Endi shu voqea yuzaga kelganidan so‘ng Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bunga tezda munosabat bildirdi. Va Amerika qo‘shma shtatlaridagi laboratoriyaga tayyor mahsulot ichidagi shu primisni aniqlash mumkinmi deb savol qo‘yib, topshiriq berdi. Ular uch oy davomida olib borgan ilmiy tadqiqotlar davomida murakkab usulda shuni aniqlash metodikalarini ishlab chiqib, butun dunyodagi nazorat organlariga tarqatdi. Oldingi holatda Amerikada ham, Yevropada ham bu xomashyoda tekshirilar edi. Hech qachon tayyor mahsulotda tekshirilmagan, — dedi.

Foto: “Daryo”

Mas’ulning qo‘shimcha ma’lumot berishicha, O‘zbekistonda “Dok-1 Maks” fojiasi ro‘y berganidan so‘ng, Farmatsevtika agentligining sobiq direktori va mas’ullari Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilgan. Shundan so‘ng sirop ishlab chiqaruvchisi — Marion Biotech Pvt.Ltd kompaniyasi joylashgan shtatning nazorat qiluvchi organi birinchi galda ishlab chiqaruvchi faoliyatini to‘xtatgan. Litsenziyasini bekor qilgan. Korxonaning 5 nafar mas’uli qamalgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »