Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda eng kamida 68 nafar bolaning o‘limi va 16 nafar bolaning nogiron bo‘lib qolishiga sababchi bo‘lgani aytilayotgan “Dok-1 Maks” siropi bo‘yicha boshlangan sud yakunlanayotgani, sudlov hay’ati maslahatga kirgani haqida xabar berilgandi. Sudning 19-fevral kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida sudlanuvchilarga so‘nggi so‘z berildi. Sirop ishida aybdor ko‘rilayotgan Farmagentlikning sobiq rahbari Sardor Kariyev salkam 7 oydan beri davom etayotgan sud majlislarini to‘la-to‘kis va xolis yoritgani uchun OAVga minnatdorlik izhor qildi. Bu haqda sudda qatnashgan “Daryo” jurnalisti xabar berdi. 

Ta’kidlanishicha, 23 nafar sudlanuvchidan faqatgina Sardor Kariyev “Dok-1 Maks” ishining OAV orqali ommalashtirilishiga e’tibor qaratib, jurnalistlarga tashakkur izhor qilgan. 

Sardor Kariyev.
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Hurmatli sud hay’ati, hurmatli ishtirokchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari, hozir sudlanuvchilar tomonidan adolatli qaror chiqarilishi so‘ralmoqda. Hozirgi kunda bizning jamiyatda adolat tushunchasi judayam tarqoq bo‘lib ketdi. Hammada adolat tushunchasi bor. Fursatdan foydalanib, jabrlanuvchilarga o‘zimning hamdardligimni bildirmoqchiman. Judayam katta fojia bo‘ldi. Buning qaytarilishidan Xudo asrasin. Farzand dog‘ini ko‘rgan ota-onalarga sabr tilayman. Jabrlangan bolalarga sog‘lig‘ini tezroq tiklashlarini tilab qolaman. Xabaringiz bor, sud yarim yildan beri davom etmoqda. Sudda taraflarning, jamiyatning adolat tushunchasi har xil bo‘lib ketdi. Sudda jabrlanuvchilarni ham ko‘rdik, eshitdik. Ularning (jabrlanuvchilar uchun demoqchi — tahririyat izohi) og‘ir ahvolini tushunamiz, albatta.

Lekin, afsuski, ular uchun adolat tushunchasi bizning bolalarimizga o‘sha siropni ichirish. Jabrlanuvchilar orasida bizning bolalarimizga, o‘zimizga o‘lim tilaganlar ham bo‘ldi. Yoki umrbod qamoq jazosini so‘raganlar ham bo‘ldi. Ba’zilari ish qonuniy ko‘rilishi tarafdori bo‘ldi. Shu sudda qatnashgan jabrlanuvchi akamiz bor voqeani bilgach, to‘g‘ri tushunib, bularning aybi yo‘q, dedi. Ming afsuski, jabrlanuvchilar uchun bo‘lib o‘tayotgan sud majlislarida jabrlanuvchilarning birortasi ham sud boshidan oxirigacha ishtirok etmadi. Buning sabablari bordir, albatta. Jabrlanuvchilar sudda ko‘tarilgan masalalardan to‘la-to‘kis xabardor bo‘lmagani, bizga qo‘yilayotgan ayblovlar va bu ayblovlarga nisbatan bizning keltirgan dalillarimizni bilishmadi, eshitishmadi. Shu sabab bu ayblovlar to‘g‘rimi yoki noto‘g‘ri — bexabar qolishdi. Albatta, sud jarayoni ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritib borildi. Fursatdan foydalanib, ommaviy axborot vositalariga o‘zimning chuqur minnatdorchiligimni bildiraman. Sizlarga sud jarayonini to‘la-to‘kis, oydin yoritib berganinglar uchun rahmat aytaman, — deydi sudlanuvchi so‘zining so‘ngida. 

Farmatsevtika tarmoqlarini rivojlantirish agentligining sobiq rahbari Sardor Kariyev “Dok-1 Maks” sudining ko‘lami kengligini, salkam yetti oy davomida haftasiga uch kun, sakkiz soatdan davom etganini eslatib, “Bu voqealarni OAV orqali to‘liq ommaga yetkazib berish imkoniyati bo‘lmadi, odamlar sud jarayonini to‘liq ko‘rolmagani uchun hammada tushuncha har xil bo‘lib qoldi”, dedi. 

Shu nuqtayi nazardan aytyapmanki, hammada adolat tushunchasi har xil bo‘lmoqda. Jamiyat ham bizga kelganda ikkiga ajraldi. Kimdir bularga jazo berilsin desa, boshqa birov yo‘q, ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘ri bajarilgan ekan, inspeksion tekshiruv masalasi boshqa dori bo‘lsa, kim pulini olgan bo‘lsa, o‘zi javob bersin, bularda ayb yo‘q, demoqda. Ko‘rib turibmizki, jamiyatda ham adolat tushunchasi har xil bo‘lmoqda. Men uchun esa, adolat — menga tuhmat qilib, bosim qilib, aydor qilishga uringan insonlarning javobgarlikka tortilishi. Ularga jinoyat ishi ochilib, menga oqlov e’lon qilinishi men uchun adolat, — dedi Sardor Kariyev.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »