Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil ishchi guruhi asirlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarni Qatarda davom ettiradi. Bosh vazir Parijdagi muzokaralar natijasidan norozi bo‘lgan, Mossad rahbari David Barneani muzokaralarning borishini murakkablashtiradigan yangi shartlarni ilgari surgani uchun jazolagan. Bu haqda Israelinfo xabar berdi.

Foto: AP Photo

Bosh vazirning hozircha ikkita yangi talabi ma’lum. Birinchi navbatda HAMASdan hali tirik asirlar ro‘yxatini talab qilish, bunday ro‘yxat olinmaguncha boshqa tafsilotlarni muhokama qilmaslik topshirilgan. Delegatsiya qabul qilgan ikkinchi buyruq Isroil garovga olinganlar evaziga ozod qiladigan “tajribali” terrorchilarni xorijga deportatsiya qilish to‘g‘risidagi bandni kiritishni so‘rashdan iborat.

Manbalarga ko‘ra, mazkur shartlar ilgari Parijdagi sammitda muhokama qilinmagan, ular Isroil delegatsiyasi Markaziy razvedka boshqarmasi direktori va arab vositachilariga qo‘ygan talablar ro‘yxatida mavjud emas. Bu Netanyaxuning maxfiy maqsadi degan gumonlar ham mavjud. HAMAS Parijda kelishilgan ayirboshlash bitimiga hozircha rasmiy javob bermagan.

Kechasi harbiy mahkama yig‘ilishida G‘azoga gumanitar yordam yetkazib berishning yangi sxemasi tasdiqlangan. Bosh vazir devonining ta’kidlashicha, yangi sxema shimolda va G‘azoning boshqa hududlarida sodir bo‘lgan talonchilikdan qochishga yordam beradi. Vazirlar, shuningdek, aholini Rafahdan evakuatsiya qilish rejasini muhokama qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »