Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil iqtisodiyotidagi pasayish koronavirus pandemiyasidan keyin rekord darajaga yetdi.

HAMAS guruhi bilan urush o‘tgan yilning to‘rtinchi choragida Isroil yalpi ichki mahsulotining yillik hisobda deyarli 20 foizga pasayishiga olib keldi. Bu ma’lumotlarni The Times of Israel nashri keltirmoqda.

Bu pasayish 2020 yilning ikkinchi choragidan beri eng kattasi bo‘ldi, o‘shanda iqtisodiyot deyarli 30 foizga qisqargandi. Bu holat koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq cheklovlar tufayli sodir bo‘lgan.

Foto: Google Images

2023-yilning to‘rtinchi choragidagi salbiy dinamika qator omillar, jumladan, 300 ming zaxiradagi o‘z ish joylarini tark etishga majbur bo‘lgan harbiy xizmatchilarning xizmatga chaqirilishi bilan bog‘liq.

Bundan tashqari, hukumat mamlakatning shimoliy va janubiy chegaradosh viloyatlaridan evakuatsiya qilingan 120 mingdan ortiq aholi uchun uy-joy qurilishini moliyalashtirishiga to‘g‘ri keldi, deb yozadi The Times of Israel.

Avvalroq Isroil rasmiylari Falastin davlatchiligini bir tomonlama tan olishdan rasman voz kechgani ma’lum qilingandi. Bosh vazir Binyamin Netanyaxu bu qarorni vazirlar mahkamasida ovozga qo‘ygan va u bir ovozdan ma’qullangan. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »