Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

HAMAS garovga olinganlarning hammasini ozod qilmasa, Isroil harbiylari 10-mart kuni Rafahga hujum uyushtiradi. Bu haqda Isroil harbiy vazirlar mahkamasi vaziri Benni Gantsga tayanib, BBC xabar berdi.

Foto: Reuters

Isroil G‘azoning janubidagi 1,5 millionga yaqin falastinlik boshpana topgan shaharga hujum qilish sanasini ilk bor ochiqladi.

“Dunyo va HAMAS yetakchilari bilishi kerakki, agar garovga olinganlar ramazongacha uylariga qaytmasalar, janglar hamma joyda, jumladan, Rafah hududida ham davom etadi”, — deydi Gants.

Islomning muqaddas ro‘za oyi bo‘lmish ramazon joriy yilning 10-martidan boshlanishi kutilmoqda. Gantsning qo‘shimcha qilishicha, Isroil “tinch aholi orasida qurbonlarni minimallashtirish uchun amerikalik va misrlik hamkorlar bilan aholini evakuatsiya qilish borasida muloqot qiladi”.

Ammo Isroil rasmiylari evakuatsiya rejasi haqida hozircha hech qanday ma’lumot bermagan. Rafahdan olingan xabarlarga ko‘ra, ramazon boshlanishiga atigi uch hafta qolganida ba’zi odamlar shaharni tark etib, g‘arbga qirg‘oq tomon yo‘l olishmoqda, biroq ko‘pchilik nima qilishni bilmaydi.

Xalqaro bosimga qaramay, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu HAMAS jangchilarini yo‘q qilish uchun Rafahga quruqlikdan hujum uyushtirishga va’da bergan.

Misr va boshqa ba’zi arab davlatlari Isroilning Rafahga hujumi ko‘plab falastinliklarni Misrga qochishga majbur qilishi mumkinligi haqida bir necha bor ogohlantirgan. Qohira buni nomaqbul deb hisoblaydi. Saudiya Arabistoni agar Rafahga hujum qilinsa, “juda jiddiy oqibatlarga yuzlashishdan” ogohlantirgan.

Xalqaro miqyosda Isroilni Rafahga hujum qilishdan tiyilishga chaqirishlar ko‘p bo‘ldi. 

  • Urush boshlanganidan buyon 28,4 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi, 68 mingdan ziyodi yaralandi. Oxirgi 24 soat ichida kamida 127 falastinlik halok bo‘lgan, 205 nafari yaralangan.
  • G‘azoda davom etayotgan janglarga qaramay, oxirgi kunlarda Qohirada Isroil va HAMAS o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatishga vositachilik qilish harakatlari olib borilmoqda, garchi qatarlik vositachilar taraqqiyot “juda istiqbolli” emasligini aytmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »