Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroilning Rafahga har qanday quruqlik hujumi garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatadi. Bu haqda HAMASning yuqori martabali amaldoriga tayanib, Al-Arabiya xabar berdi.

Foto: Reuters

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasi harbiylarga Rafahni evakuatsiya qilish rejasini ishlab chiqish va u yerda joylashgan HAMASning to‘rtta batalyonini yo‘q qilishni buyurgan. 

Rafah Isroil hujumi paytida G‘azo sektori shimolidan evakuatsiya qilingan 1,3 milliondan ortiq falastinlik uchun boshpana hisoblanadi. U Misr bilan chegarada joylashgan. Netanyaxu Isroil kuchlari HAMAS taklif qilgan 135 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaraga rozi bo‘lmagan edi va Isroil harbiylari “to‘liq g‘alaba”ga qadar jang qilishini aytgan.

Isroil harbiylari G‘azo shaharlariga oldingi hujumlarida tinch aholini Rafahga ko‘chishga buyurgandi, ammo shaharga hujum boshlansa, falastinliklarning borar joyi yo‘q. Bu aholi orasida o‘lim darajasini oshishiga olib kelishi kutilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »