Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Saudiya Arabistoni 1967-yilgi chegaralar doirasida poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil Falastin davlati tan olinmaguncha, Isroil bilan diplomatik aloqalar o‘rnatmaydi. Bu haqda qirollik Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, Al Arabiya xabar berdi.

Kollaj: CNBC

Vazirlikka ko‘ra, diplomatik aloqalar o‘rnatish uchun yuqoridagiga qo‘shimcha tarzda Isroil G‘azodagi agressiyasini to‘xtatishi va u yerdan qo‘shinlarini to‘liq olib chiqib ketishi kerak. Saudiya Arabistoni Falastin masalasida va falastinliklarning qonuniy huquqlarini tan olish borasida sodiq ekanini ta’kidladi.

“Qirollik Falastin davlatini hali tan olmagan BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzolariga murojaat qilib, ularni 1967-yil chegaralaridagi poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan Falastin davlatini tan olishni tezlashtirishga chaqiradi, sababi Falastin xalqi o‘zining qonuniy huquqlariga ega bo‘lsin, hamma uchun keng qamrovli va adolatli tinchlikka erishsin”, — deyiladi xabarda.

6-fevral kuni Bayden ma’muriyati Saudiya Arabistoni va Isroil aloqalarni normallashtirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga tayyor ekani haqida ijobiy fikr bildirdi.

Saudiya Arabistonining Fors ko‘rfazidagi qo‘shnilari, Birlashgan Arab Amirliklari va Bahrayn 2020-yilda Ibrohim kelishuviga binoan Isroil bilan aloqalar o‘rnatgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »