Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH va Saudiya Arabistoni mudofaa sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha to‘xtatib qo‘ygan muzokaralarni qayta tikladi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Foto: AP Photo

Ikki davlat o‘rtasidagi muzokaralar Isroilning G‘azo sektorida harbiy operatsiya boshlagani sabab to‘xtatilgan edi. Saudiya Arabistonining shimoli-g‘arbidagi Al-Ula shahrida bir guruh amerikalik senatorlar yanvar oyida qirollik valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon bilan muzokara o‘tkazgan. Kun tartibiga “Saudiya Arabistoni va Isroil o‘rtasidagi tarixiy rishtalarni ham o‘z ichiga oladigan mudofaa shartnomasi bo‘yicha oldingi muzokaralarni qayta tiklash” kiritilgan.

“Muhammad bin Salmon Isroilning HAMASga qarshi davom etayotgan zarbalari va G‘azoda falastinliklarning o‘limidan butun arab dunyosining g‘azabiga qaramay, AQSH bilan hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini ko‘rishda davom etmoqda”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Saudiya rahbariyatining ustuvor vazifalaridan biri Baydenni Ar-Riyod boshchiligidagi arab koalitsiyasining Yaman husiylariga qarshi zarbalariga javoban 3 yil avval o‘rnatilgan qurol savdosiga qo‘yilgan moratoriyni yumshatish yoki bekor qilishga ko‘ndirishdir.

“Muzokaralardagi asosiy to‘siq Saudiya Arabistonining pozitsiyasi bo‘lib, u Isroil bilan har qanday kelishuv mustaqil Falastin davlatini yaratish sharti bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi, Isroil tomoni bunga keskin qarshilik ko‘rsatmoqda”, — deb yozadi Bloomberg.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »