Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Arab davlatlari o‘t ochishni to‘xtatish va G‘azo sektorida garovga olinganlarni ozod qilish tashabbusi ustida ishlamoqda. Reja doirasida Isroilga Saudiya Arabistoni bilan munosabatlarni normallashtirish hamda Falastin davlatini yaratish borasida muhim qadamlar qo‘yish taklif qilinadi. Bu haqda NBC News va Financial Times (FT) manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Foto: Reuters

G‘arb diplomatining NBC telekanaliga aytishicha, bir oy yoki undan ko‘proq muddatga “gumanitar pauza” va undan so‘ng doimiy o‘t ochishni to‘xtatish taklifi ko‘rib chiqilmoqda. Uning qayd etishicha, dastlabki pauza ko‘proq asirlarni ozod qilish imkonini beradi. Yana ikki diplomatning aytishicha, HAMAS doimiy sulh kafolatisiz kelishuvga rozi bo‘lmayapti, Isroil esa kafolatni rad etmoqda.

Arab davlatlari bir necha hafta ichida rejani taqdim etishga umid qilmoqda, dedi yuqori martabali arab rasmiysi FT ga. Gazeta yozishicha, arab rasmiylari AQSH va Yevropa hukumatlari bilan rejani muhokama qilgan, ushbu tashabbus G‘arb mamlakatlarining Falastin davlatini rasman tan olishga rozi bo‘lishi yoki falastinliklarning BMTga to‘laqonli a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashini o‘z ichiga oladi.

“Asl muammo shundaki, falastinliklar uchun umid bo‘lishi kerak, bu shunchaki iqtisodiy foyda yoki okkupatsiya ramzlarini olib tashlash bilan kifoyalanmasligi zarur”, — deb tushuntirdi FT manbasi.

Saudiya Arabistoni va Isroil 2023-yil oxirigacha munosabatlarni normallashtirishni rejalashtirgan edi, biroq oktyabr oyida HAMAS va Isroil to‘qnashuvi boshlanganidan so‘ng Ar-Riyod bundan voz kechdi. Shu bilan birga Ar-Riyod Tel-Avivdan Falastin davlatini yaratish bo‘yicha “aniqroq sa’y-harakatlar” bilan falastinliklar uchun imtiyozlar so‘ramoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »