Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil Livandagi HAMAS siyosiy byurosi rahbari o‘rinbosari Solih al-Aruriyni o‘ldirdi. Bu “Hizbulloh”ni Isroilga qarshi keng ko’lamli urush boshlashga yaqinlashtirishi mumkin. Bu haqda mutaxassislarga tayanib, Bild xabar berdi.

Foto: AFP

Mutaxassislar Yaqin Sharqdagi yangi eskalatsiya haqida gapirmoqda. Shu paytgacha HAMAS va Isroil armiyasi o‘rtasidagi janglar faqat Isroil va Livan o‘rtasidagi chegara hududlarida bo‘lib kelgan. Yaqin Sharqda urush boshlanganidan beri “Hizbulloh” muntazam ravishda Isroil shaharlarini o‘qqa tutdi, Isroil armiyasi ham javob zarbalarini berdi.

Le Beck International tahlil markazidan harbiy ekspert Maykl Gorovitsning fikricha, HAMAS yetakchisining o‘limidan keyin  Isroil va “Hizbulloh” keng ko‘lamli urushga har qachongidan ham yaqinroq.

Xalqaro strategik tadqiqotlar institutining Yaqin Sharq bo‘yicha eksperti Emil Xokayemning yozishicha, “oldinda og‘ir va dahshatli davrlar turibdi”.

G‘azoda HAMASga qarshi kurashning jiddiyligini hisobga olsak, “Hizbulloh” kabi yirikroq, malakali va jangovar sinovdan o‘tgan, yanada murakkab qurol va haqiqiy strategik tayyorgarlikka ega tashkilotga qarshi operatsiya oson bo‘lishiga kimdir ishonadimi?, — dedi u.

AQSH davlat kotibi Entoni Blinkenning al-Aruriy o‘ldirilishi ortidan xavfsizlik nuqtai nazaridan Isroilga rejalashtirilgan tashrifini bekor qildi. “Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrulloh allaqachon “bu jinoyat (al-Aruriyning o‘ldirilishi) hech qachon javobsiz va jazosiz qolmasligini” aytgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »