Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

G‘azo sektoridagi BMT qarorgohi (UNRWA) ostida HAMASning qo‘mondonlik tunneli topildi. Bu haqda Isroil armiyasiga tayanib, Reuters xabar berdi.

Foto: Reuters

Isroilning armiya muhandislari xorijiy OAV muxbirlarini tunnelga olib borgan. UNRWA shtab-kvartirasi G‘azo shahrida joylashgan. Jurnalistlar beton bilan qoplangan tunnelga tushgan. Ekskursiyani olib borgan armiya podpolkovnigiga ko‘ra, tor, dim va ba’zan aylanma yo‘lak orqali yigirma daqiqalik piyoda yurish orqali tunnelga yetib kelishgan.

Harbiylar 700 metr uzunlikda va 18 metr chuqurlikda ekanini aytgan tunnel joyida ikkiga bo‘lib, yon kameralarni hosil qilgan. 

“U yerda po‘lat seyflar va kafel bilan qoplangan hojatxonaga ega xona bo‘lgan. Bitta katta kamera kompyuter serverlari bilan, ikkinchisi esa sanoat batareyalari bilan to‘ldirilgan”, — deyiladi xabarda. 

Isroil harbiylariga ko‘ra, tunneldagi elektr energiyasi aynan BMT shtab-kvartirasidan ta’minlangan. Isroil armiyasining fikricha, bu HAMAS razvedkasi uchun markaziy qo‘mondonlik punktlaridan biri bo‘lib, ular janglarning katta qismini shu yerdan boshqargan.

HAMAS evakuatsiya qilgan va UNRWA qarorgohi yerto‘lasidan o‘tuvchi aloqa kabellarini uzgan. UNRWA o‘z bayonotida shtab-kvartirani urush boshlanganidan besh kun o‘tib, 12-oktyabr kuni bo‘shatgani va shu sababli Isroil da’vosini “tasdiqlay olmasligi yoki boshqa izoh bera olmasligini” bildirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »