Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu falastinliklar boshpana sifatida foydalanayotgan Rafahga hujum qilishni buyurdi. Misr Isroilni bu borada ogohlantirdi. Bu haqda ABC News xabar berdi.

Foto: Getty Images

Netanyaxu hujumning yangi bosqichi boshlanishidan oldin Rafahdan yuz minglab odamlarni evakuatsiya qilishni ta’minlashga va’da berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil harbiylari evakuatsiya bo‘yicha “reja ishlab chiqmoqda” va odamlarni qayerga joylashtirish haqida o‘ylamoqda.

“Biz buni tinch aholining Rafahdan chiqib ketishini xavfsiz taʼminlagan holda qilamiz”, — dedi Isroil bosh vaziri.

Netanyaxuga ko‘ra, Isroil mudofaa kuchlarini Rafahga kirmaslikka chaqirayotganlar “aslida Isroil urushda mag‘lub bo‘lishi kerakligini aytmoqda”.

9-fevral kuni Netanyaxu Misr bilan chegaradosh G‘azo sektorining janubidagi Rafah shahrida keng ko‘lamli operatsiya boshlash niyatida ekanini ma’lum qildi. AQSH Davlat departamentining fikricha, operatsiya hozir amalga oshirilsa, falokat bo‘ladi. Rafahda quruqlikdagi operatsiya o‘tkazish Britaniya va Falastin rasmiylari tomonidan tanqid qilindi.

Rafah Isroil hujumi paytida G‘azo sektori shimolidan evakuatsiya qilingan 1,3 milliondan ortiq falastinlik uchun boshpana hisoblanadi. Ularning aksariyati chodir lagerlarida yoki BMT boshpanalarida yashaydi.

Misr Isroil qo‘shinlari G‘azo sektoridagi Rafah shahriga yuborilsa, Isroil bilan Kemp Devid kelishuvlarini (1979 yilgi Isroil-Misr tinchlik shartnomasi) to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »