Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Germaniya kansleri Olaf Shols Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon suhbatida ikki davlat yechimini Yaqin Sharq mojarosidan chiqishning yagona yo‘li deb atadi. Bu haqda Bild xabar berdi.

Foto: The Times of Israel

Xabarga ko‘ra, Netanyaxu Germaniya kansleriga G‘azo sektori va Isroil-Livan chegarasidagi harbiy vaziyat haqida ma’lumot bergan. Olaf Shols G‘azo aholisi uchun ta’minotni yaxshilash zarurligini ta’kidlagan. 

Kanslerning ta’kidlashicha, Germaniya hukumati nuqtayi nazaridan faqat ikki davlat asosidagi muzokaralar yo‘li bilan Yaqin Sharqdagi konfliktga barham berish mumkin. Bunda konfliktni hal qilishda isloh qilingan Falastin ma’muriyati markaziy rol o‘ynashi kerak.

7-oktyabrdagi voqealardan (HAMASning Isroilga hujumi) keyin Netanyaxu ikki xalq uchun ikki davlat qaroriga qarshi chiqmoqda. Ko‘plab siyosatchilar mustaqil Falastin davlatini yaratish tarafdori. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »