Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Anqara Xalqaro sudning Isroilga nisbatan qarorini yetarli emas deb hisoblaydi, jarayon davom ettirilishi kerak. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: AP Photo

Xalqaro sud Janubiy Afrika Respublikasining G‘azo sektoridagi genotsid bo‘yicha Isroilga qarshi vaqtinchalik choralar ko‘rish haqidagi iltimosini qondirdi va G‘azo sektoridagi falastinliklarning genotsid harakatlaridan himoyalanish huquqini tan oldi. Isroil G‘azo sektorida genotsidning oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rishi va bu bo‘yicha Xalqaro sudga hisobot topshirib turishi kerak.

“Bu Isroil kutmagan qaror edi. Qanday bo‘lmasin, biz kerakli natijaga erishdik. Bu yetarlimi? Yo‘q. Biz jarayonni kengaytirishga harakat qilyapmiz. Men Janubiy Afrika Respublikasi prezidentiga minnatdorlik bildirdim, biz buni davom ettiraylik dedik. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasidagi natija juda muhim bo‘ldi: 121 davlat Isroil genotsidini tan oldi. Faqat 9-10 davlat AQSHga ovoz berdi. 40 davlat betaraf qoldi. Asta-sekin ular bizning tarafga o‘ta boshladi. Biz bu jarayonni davom ettiramiz”, — dedi Turkiya rahbari.

Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu “o‘z mamlakatida la’natlangan”.

Insoniyat uni la’natlaydi. (G‘azoda) bolalar va ayollarning duolari ayamaydi. Biz uni ta’qib qilamiz, u esa qochadi. Oxir-oqibat g‘alaba haqiqatga ishonganlar tomonda bo‘ladi”, — deya xulosa qildi Erdo‘g‘on.

Avvalroq Turkiya prezidenti Netanyaxuni bir necha bor “jallod” va “qotil” deb atagan va u siyosiy faoliyatini cho‘zish va Isroilda o‘ziga qarshi ochilgan sud jarayonidan qochish uchun G‘azo sektorida genotsid sodir etganini aytgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »