Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xalqaro sud Isroil G‘azo sektorida genotsidning oldini olish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishi kerak degan qaror chiqardi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mazkur qarorga munosabat bildirdi. Bu haqda The Jerusalem Post xabar berdi.

Foto: Reuters

Netanyaxuning so‘zlariga ko‘ra, Isroil G‘azodagi tinch aholiga emas, HAMASga qarshi urush olib bormoqda.

“Isroilning xalqaro huquqqa sodiqligi sobitdir. Mamlakatimiz va xalqimizni himoya qilishda davom etish bo‘yicha bizning muqaddas majburiyatimiz ham xuddi shunday. Urushimiz falastinlik tinch aholiga qarshi emas, HAMAS terrorchilariga qarshi”, — dedi Netanyaxu.

U har bir davlat singari, Isroil ham o‘zini himoya qilish huquqiga egaligini da’vo qildi.

“Gaagadagi sud bizni bu huquqdan mahrum etish talabini haqli ravishda rad etdi. Ammo Isroilning falastinliklarga qarshi genotsid sodir etgani haqidagi ayblov shunchaki yolg‘on emas, balki hayratlanarlidir. Sudning buni muhokama qilishga tayyorligi avlodlar o‘rtasida saqlanib qoladigan abadiy sharmandalikdir.

Biz adolatli urush olib bormoqdamiz va HAMASni mag‘lub qilmagunimizcha, barcha garovga olinganlarni qaytarmagunimizcha va G‘azo sektori Isroil davlati uchun xavf tug‘dirmasligiga kafolat bermagunimizcha, to‘liq g‘alabagacha buni davom ettiramiz”, — dedi Isroil bosh vaziri.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »