Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu HAMAS taklif qilgan sulh rejasiga qarshi chiqdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Foto: The Wall Street Journal

Netanyaxuning so‘zlariga ko‘ra, HAMAS ustidan bir necha oy ichida to‘liq g‘alaba qozonish mumkin.

“Biz to‘liq g‘alaba qozonish yo‘lidamiz. Bu bir necha yillar masalasi emas, balki oylar masalasidir”, — dedi Isroil bosh vaziri matbuot anjumanida.

U G‘azo janubidagi Rafah shahriga ham hujum uyushtirishni buyurdi, u yerda urush zonasida o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan yuz minglab falastinliklar boshpana topgan.

HAMAS qanday taklif bergan edi?

Falastinning HAMAS guruhi G‘azo sektorida o‘t ochishni 135 kunga to‘xtatish bo‘yicha uch bosqichli reja taklif qildi.

  • Birinchi bosqich 45 kun davom etadi. Unda Isroil qamoqxonalaridagi falastinlik ayollar va o‘smirlar evaziga garovga olingan barcha isroillik ayollar, 19 yoshgacha bo‘lgan bolalar, keksalar va kasallar ozod qilinadi. Bu davrda Isroil qo‘shinlari ham G‘azoning aholi punktlarini tark etishi va u yerda kasalxonalar hamda qochqinlar lagerlarini rekonstruksiya qilish ishlari boshlanishi kerak edi;
  • Ikkinchi bosqichda garovga olingan isroillik erkaklar falastinlik asirlarga almashtirilishi va Isroil qo‘shinlari G‘azodan butunlay chiqib ketishi kerak;
  • Qolgan 45 kun ichida har ikki tomondan halok bo‘lganlarning jasadlarini almashish rejalashtirilgandi.

HAMASga ko‘ra, kelishuv G‘azoga oziq-ovqat va boshqa insonparvarlik yordamlarini ko‘paytirishni ham o‘z ichiga olgan.

Noyabr oyidagi sulh davomida 100 ga yaqin garovdagi isroillik 240 nafar falastinlik asirga almashtirilgan bo‘lsa-da, HAMASning yangi talablari AQSH prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati tomonidan sovuq kutib olindi. Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant ham HAMASning shartlari Isroil uchun qabul qilinib bo‘lmasligini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »