Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil HAMASga G‘azo sektorida garovga olingan barcha odamlarni ozod qilish evaziga ikki oylik otashkesim taklif qildi. Bu haqda 22-yanvar kuni Axios axborot sayti ismi sir qolishni istagan ikki Isroil rasmiysiga tayanib xabar berdi. Bu taklif Misr va Qatardagi vositachilar orqali yetkazilgan.

Foto: Reuters

Kelishuv barcha tirik qolgan asirlarni ozod qilishni, o‘lganlarning jasadlarini bir necha bosqichda qaytarishni o‘z ichiga oladi, dedi Axios manbalari. Ularga ko‘ra, birinchi bosqich ayollar, 60 yoshdan oshgan erkaklar va og‘ir ahvoldagi garovga olinganlarni ozod qilishdan iborat. Keyingi bosqichlarda ayol harbiylar, 60 yoshga to‘lmagan noharbiy erkaklar, isroillik erkak harbiy xizmatchilar qo‘yib yuborilishi va halok bo‘lganlarning jasadlari qaytarilishi kerak.

G‘azo sektoriga tinch aholining qaytarilishi

Bundan tashqari, taklif Isroil mudofaa kuchlarini qayta joylashtirishni, xususan, ularning bo‘linmalarini G‘azo sektoridagi asosiy aholi punktlaridan olib chiqib ketishni o‘z ichiga oladi. Bu falastinlik tinch aholiga asta-sekin G‘azo shahri va sektorning shimoliy qismlariga qaytish imkonini beradi, dedi Axios.

Isroil va HAMAS vakillari isroillik garovga olinganlar evaziga ozod qilinadigan falastinlik mahbuslar soni bo‘yicha kelishib olishi kerak bo‘ladi. Biroq taklif Isroil harbiy operatsiyani to‘xtatishga yoki Isroil qamoqxonalaridagi 6 000 nafar falastinlik mahbuslarning hammasini ozod qilishga rozi bo‘lmasligini yaqqol ko‘rsatib turibdi, dedi Axios suhbatdoshlari. Isroil rasmiylari HAMASdan javob kutmoqda, biroq ular yaqin kunlarda oldinga siljish bo‘lishi ehtimoliga ehtiyotkorlik bilan qarayotganini qo‘shimcha qildi.

Ynet nashri ham shunga o‘xshash ma’lumotlarni taqdim etdi: unga ko‘ra, Isroil taklifi uzoq muddatli o‘t ochishni to‘xtatishni va garovga olinganlarni bosqichma-bosqich ozod qilish evaziga Isroil harbiy bo‘linmalarining G‘azo sektoridagi harakat yo‘nalishlarini vaqtinchalik o‘zgartirishni o‘z ichiga oladi. Isroil muzokaralarda muayyan tashabbus ko‘rsatgani haqida bosh vazir Benyamin Netanyaxu 22-yanvar kuni garovga olinganlarning qarindoshlari bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Isroil matbuoti.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »