Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil va HAMAS Qatar Tashqi ishlar vazirligi va Fransiya vositachiligida gumanitar yordam yetkazilishiga kelishib oldi. 

Foto: Getty Images

HAMAS isroillik garovga olinganlarga zarur dori-darmonlar yetkazib berilishiga rozi bo‘ldi. Garovga olinganlar uchun dori-darmonlar evaziga G‘azo sektoridagi jabrlangan hududlardagi tinch aholiga insonparvarlik yordami va dori-darmonlar yuboriladi.

Qatar TIV rasmiy vakili doktor Majed bin Muhammad Al-Ansoriyning aniqlik kiritishicha, gumanitar yordam 17-yanvar kuni Dohadan Misrga ikkita harbiy samolyot orqali jo‘natiladi va u yerdan G‘azo sektoriga yetkaziladi.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasi 12-yanvar kuni garovga olinganlarga dori-darmonlarni topshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishilganini aytgandi. Dori-darmonlar “keyingi bir necha kun ichida” yetkazib berilishi kerak. Preparatlar ro‘yxati garovga olinganlarning oila a’zolari va ularni davolovchi shifokorlar tomonidan tuzilgan. Qizil xoch ularni yetkazib berishi kerak.

Fransiya ham Qatar bilan kelishuv bo‘yicha ishlagan. Mamlakat prezidenti Emmanuel Makron Fransiya Tashqi ishlar vazirligiga garovga olingan 45 kishi uchun dori-darmonlar ro‘yxatini tuzishni topshirgan. 13-yanvar, shanba kuni Qatarga dori-darmonlar yuborilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »