Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil HAMASning garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha yangi kelishuv taklifini rad etdi, deb xabar bermoqda Axios uch manbaga tayanib. HAMAS vakillari taklifni Isroil tomoniga vositachilar – Qatar va Misr orqali yetkazgan.

Foto: Reuters

Axios yozishicha, taklif uch bosqichli bitimdan iborat edi. Ularning har biri G‘azo sektorida garovga olinganlarni va Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan falastinliklarni ozod qilish evaziga bir oydan ortiq otashkesimni taklif qiladi.

Uchinchi bosqichni amalga oshirish uchun, manbalarning ta’kidlashicha, jangovar harakatlarni to‘xtatish kerak, shundan so‘ng HAMAS nafaqat tinch aholini, balki Isroil armiyasining harbiy xizmatchilarini ham asirlikdan ozod qilishga rozi bo‘ladi. Isroil harbiy hukumati Qatar va Misr vakillari bilan suhbatda bu taklifni “qabul qilib bo‘lmaydigan” deb atadi. Axios ta’kidlashicha, ular yanada real taklifni so‘rashgan.

G‘azo sektorida 24 noyabrdan 1-dekabrgacha vaqtinchalik sulh amalda edi. Bu vaqt ichida garovga olingan 108 kishi ozod qilindi. 19-dekabr kuni Isroil prezidenti Isxak Gertsog hukumat HAMASdan qolgan garovga olinganlarni qaytarish uchun G‘azo sektorida navbatdagi gumanitar pauza kiritishga tayyorligini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »