Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

1-dekabr kuni Isroil HAMAS bilan sulh buzilganini e’lon qilib, harbiy harakatlarni qayta boshlaganidan keyin G‘azoda Isroilning yangi zarbalaridan o‘nlab odamlar halok bo‘ldi. Bu haqda Al-Jazeera xabar bermoqda.

Foto: Wattan News

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi zarbalarda 32 kishi halok bo‘lgan, ko‘plab odamlar jarohatlangan.

OAV Isroil armiyasi tomonidan G‘azoning Xon Yunis va Dabaliya shaharlariga bergan aviazarbalari oqibatlari aks etgan videolarni chop etdi.

Isroil G‘azoning janubiy qismidagi odamlarni evakuatsiya qilishga chaqiruvchi varaqalarni tashlab, hujum kengayayotganini bildirgan.

Xalqaro vositachilar, shu jumladan, Qatar, Misr va AQSH tomonlar o‘rtasida sulhni qayta tiklashni va o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi. Keyinroq Qatar Tashqi ishlar vazirligi Isroil va Falastin o‘rtasida sulhga qaytish maqsadida muzokaralar davom etayotganini xabar qildi.

HAMAS yangi janglarning boshlanishiga Isroil javobgar ekanini aytmoqda. Isroil tomoni esa HAMASni sulhni buzishda ayblamoqda.

7-oktyabrdan beri davom etayotgan janglarda G‘azoda 15 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi. Isroilda, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 1200 ga yaqinlashdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »