Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Falastinning HAMAS guruhi Isroil rasmiylarining o‘nlab garovga olinganlarni ozod qilish evaziga bir hafta muddatga harbiy harakatlarni to‘xtatish haqidagi taklifini rad etdi. Bu haqda Misr rasmiylariga tayanib, The Wall Street Journal xabar berdi.

Foto: Reuters

WSJ suhbatdoshlarining da’vo qilishicha, Isroil garovga olingan 40 kishini ozod qilishga intilgan. Buning evaziga,  G‘azo sektoridagi quruqlik va havo operatsiyalarini bir haftaga to‘xtatib, falastinliklarga gumanitar yordam yetkazilishiga ruxsat berishni taklif qilgan.

Muzokaralar G‘azo sektorida faoliyat yurituvchi ikkinchi eng kuchli Falastin guruhi — “Islomiy jihod” vakillarini o‘z ichiga olishi kerak edi. Ular Isroilni muzokaralar boshlanishidan oldin urushni to‘xtatishga da’vat qildi. Shuningdek, Isroildan G‘azo sektorida garovga olingan 100 dan ortiq kishi evaziga “Islomiy jihod”ning barcha ishtirokchilarini, ya’ni bir necha ming kishini qamoqdan ozod qilishni talab qildi.

G‘azo sektorida, dekabr oyi boshida xabar qilinganidek, 137 kishi garovda qolmoqda. HAMAS rahbari Isroil bilan garovga olinganlar bo‘yicha kelishuv faqat “hamma uchun hammasi” formulasi asosida va to‘liq o‘t ochishni to‘xtatgandan keyin mumkinligini bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »