Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil HAMASga guruh tomonidan garovga olinganlar evaziga G‘azo sektoridagi jangovar harakatlarni kamida bir haftaga to‘xtatishni taklif qildi, deb xabar bermoqda Axios Isroilning ikki rasmiysi va vaziyatdan xabardor bir manbaga tayanib.

Foto: Reuters

Kelishuv doirasida Isroil hukumati 40 ga yaqin odam, jumladan, ayollar, 60 yoshdan oshgan erkaklar va shoshilinch tibbiy yordamga muhtojlar ozod etilishini kutmoqda.

Buning evaziga Isroil hukumati birinchi sulh davrida ozod qilinganlardan ko‘ra og‘irroq jinoyatlarda ayblangan falastinlik mahbuslarni qamoqdan ozod qilishga tayyor. Bundan tashqari, nashr manbalarining qayd etishicha, Isroil qamoqxonalarida ozod etilishi mumkin bo‘lgan o‘nlab “keksa yoki kasal” falastinliklar saqlanmoqda.

Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, taklif Varshavada Isroil razvedka xizmati “Mossad” rahbari Devid Barnea, Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns va Qatar bosh vaziri Muhammad bin Abdurahmon ishtirok etgan uchrashuvdan so‘ng Qatar vositachilari orqali HAMASga yetkazilgan.

Uchrashuvda Qatar bosh vaziri HAMASning sulh bo‘yicha pozitsiyasini bildirdi, unga ko‘ra Isroil garovga olish bo‘yicha muzokaralar boshlanishidan oldin hujumlarini to‘xtatishi kerak, deyiladi Axios ma’lumotlarida. Bunga javoban Barnea, agar HAMAS urushni to‘xtatmoqchi bo‘lsa, qurolini tashlab, G‘azo sektoridagi 7-oktyabr hujumi uchun javobgar bo‘lgan rahbarlarini Isroilga topshirishi kerakligini aytgan.

19-dekabr kuni Isroil prezidenti Isaak Gertsog garovga olinganlarni ozod qilish evaziga HAMAS bilan yangi sulh tuzishga tayyorligini aytdi. Bir necha kun avval Reuters agentligi Misr xavfsizlik kuchlaridagi manbalariga tayanib, Isroil va HAMAS muzokaralarga ochiq ekani, biroq mojaro tomonlarida sulh shartlari bo‘yicha kelishmovchiliklar borligini yozgandi.

Avval Isroil va HAMAS vaqtinchalik sulh tuzgan edi. G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi 24-noyabr kuni kuchga kirdi. 27-noyabrda ikki kunga, 30-noyabrda esa yana bir kunga uzaytirildi. Kelishuv doirasida HAMAS 105 nafar garovga olinganlarni, jumladan, 20 dan ortiq boshqa davlat fuqarolarini ozod qildi (ular almashuv ro‘yxatidan tashqari qo‘yib yuborilgan). Buning evaziga Isroil hukumati 210 nafar falastinlikni qamoqdan ozod qildi. 1-dekabr kuni G‘azo sektorida janglar qayta boshlandi.

HAMAS 7-oktyabr kungi Isroilga hujumi chog‘ida jami 240 ga yaqin odamni garovga olgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »