Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Falastinning HAMAS guruhi yetakchisi Ismoil Haniya Qohiraga tashrif buyurdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Foto: Reuters

Ma’lum qilinishicha, u Misr rasmiylari bilan G‘azo sektoridagi janglarda ehtimoliy yangi pauzani muhokama qilishi kutilmoqda.

Qatarda yashovchi Haniya odatda muvaffaqiyatga erishish mumkin bo'lgan kelishuvlardagina diplomatik jarayonlarga ommaviy ravishda aralashadi. Muzokaralar Misr va Qatar vositachiligida HAMAS va Isroil o'rtasida mahbuslarni almashish bo'yicha kelishuvning boshlanishi bo'lishi mumkin. Misr rasmiylari HAMAS yetakchisining tashrifi yuzasidan hozircha bayonot bergani yo‘q.

Ismoil Haniya oxirgi marta Misrga noyabr oyi boshida, urushda yagona sulh e’lon qilinishidan oldin tashrif buyurgandi.

Yangi sulhga tayyorgarlik

17-dekabr kuni Reuters o‘z manbalariga tayanib, Isroil va HAMAS G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish rejimini tiklashga tayyorligini ma’lum qildi. Yangi otashkesim e’lon qilish uchun HAMAS bir tomonlama ozod qilish tartibi uchun garovga olinganlarning ro‘yxatini talab qilmoqda. Ular, shuningdek, Isroil armiyasining oldindan kelishilgan chiziqlarga chekinishni talab qilmoqda, biroq Reuters Isroil oxirgi talabga rozi bo‘lmaganini yozdi.

Misr va Qatar Isroil va HAMAS o‘rtasidagi muzokaralarda vositachi sifatida qatnashib, sulh boshlanishidan oldin G‘azo sektori janubida yana bir nazorat-o‘tkazish punkti – Kerem Shalom ochilishini talab qildi. 17-dekabrda ushbu nazorat-o‘tkazish punkti ochilgan, biroq u orqali insonparvarlik yordamlarini tashish hali boshlanmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »