Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil G‘azo sektorining janubidagi Rafah shahriga aviazarbalar berdi. Halok bo‘lganlar soni 100 ga yetdi. Bu haqda Al Mayadeen xabar berdi.

Foto: Rafah shahri, 11-fevral 2024-yil / AFP

Ma’lum qilinishicha, hujum oqibatida  230 dan ortiq kishi jarohat olgan. Qurbonlar va jarohatlanganlar soni ortishi mumkin.

“G‘azo sektorining janubidagi Rafah shahrida Isroil armiyasining kuchli zarbasi natijasida kamida 100 kishi halok bo‘ldi va 230 nafardan ortiq kishi jarohat oldi”, — deydi Falastin tibbiyot manbalariga tayanib, Al Mayadeen. 

Isroil armiyasi Rafahdagi Ash-Shabura kvartalidagi obyektlariga zarba berganini ma’lum qildi.

9-fevral kuni Netanyaxu Misr bilan chegaradosh G‘azo sektorining janubidagi Rafah shahrida keng ko‘lamli operatsiya boshlash niyatida ekanini ma’lum qildi. AQSH Davlat departamentining fikricha, operatsiya hozir amalga oshirilsa, falokat bo‘ladi. Rafahda quruqlikdagi operatsiya o‘tkazish Britaniya va Falastin rasmiylari tomonidan tanqid qilindi.

Rafah Isroil hujumi paytida G‘azo sektori shimolidan evakuatsiya qilingan 1,3 milliondan ortiq falastinlik uchun boshpana hisoblanadi. Ularning aksariyati chodir lagerlarida yoki BMT boshpanalarida yashaydi.

Misr Isroil qo‘shinlari G‘azo sektoridagi Rafah shahriga yuborilsa, Isroil bilan Kemp Devid kelishuvlarini (1979 yilgi Isroil-Misr tinchlik shartnomasi) to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qilgan. HAMAS esa Rafahga hujum qilinsa, isroillik garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar to‘xtashidan ogohlantirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »