Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH prezidenti Jo Bayden Isroil va HAMAS o‘rtasidagi harbiy harakatlarni kamida olti haftaga to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Foto: Bloomberg

AQSH prezidenti Vashingtonda Iordaniya qiroli Abdulla II bilan muzokaralar yakunlarida tegishli chaqirig‘ini e’lon qildi. U garovga olinganlarni ozod qilish uchun Isroil va HAMAS o‘rtasidagi janglarda olti haftalik tanaffusga intilayotganini aytdi va bu shartlar kengroq tinchlik uchun zamin yaratishi mumkinligini bildirdi.

Bunday pauza “G‘azoga kamida olti hafta davomida zudlik bilan va barqaror tinchlik davrini olib keladi, keyin esa biz yanada mustahkamroq narsani qurishga vaqt ajratishimiz mumkin”, — dedi u.

Jurnalistlarning yozishicha, Baydenning bayonoti G‘azoda urush boshlanganidan beri eng batafsili hisoblanadi.

“Kelishuvlarning asosiy elementlari stol ustida va AQSH bu amalga oshishi uchun hamma narsani qiladi”, — deydi Oq uy rahbari.

Bayden va Abdulla II Isroilning Rafah shahriga hujumi bilan bog‘liq xavotirlar kuchayib borayotgan bir paytda uchrashdi.

“Biz chekkada turib, bu narsalar davom etishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz. Hoziroq uzoq muddatli otashkesim kerak. Bu urush tugashi lozim”, — deydi Iordaniya qiroli.

Abdulloh II ning Vashingtonga tashrifi Isroil armiyasi 12-fevral kuni bir milliondan ortiq odam falastinlik boshpana topgan Rafahga hujum qilgan paytga to‘g‘ri keldi.

“AQSH, uning arab hamkorlari va boshqa davlatlar zudlik bilan ikki davlat yechimi asosida adolatli va keng qamrovli tinchlikka olib keladigan siyosiy ufqni yaratishga harakat qilish, bu orqali o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha saʼy-harakatlarni kuchaytirishi kerak”, — dedi Abdulla II.

AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi va Isroilning josuslik agentligi rahbarlari 13-fevral kuni Misr va Qatarning yuqori darajadagi mulozimlari bilan uchrashib, muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda. Uchrashuv Qohirada bo‘lishi o‘tishi ma’lum qilingan.

So’nggi paytlar Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni tanqid qilishni kuchaytirib, uni tinch aholini himoya qilish uchun ko‘proq harakat qilishga undamoqda. Bayden Isroilga G‘azoga ko‘proq yordam berishga ruxsat berish uchun bosim o‘tkazgan va Isroil fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun “ishonchli va amalga oshiriladigan reja” bo‘lmasdan Rafahga bostirib kirmasligi kerakligini aytgan.

“Ularni himoya qilish kerak. Biz bu borada boshidanoq aniq edik. Falastinliklarning G‘azodan majburan ko‘chirilishiga qarshimiz”, — degan Bayden.

Bayden va Netanyaxu 11-fevral kuni telefon orqali gaplashdi va Isroil bosh vaziri tinch aholini Rafah hududidan olib chiqish rejasi ustida ishlayotganini aytdi. Biroq, tegishli da’volariga qaramay, 12-fevral kuni Rafahga zarbalar berdi.

Tinchlik ta’minlansa, Baydenning aytishicha, Falastin ma’muriyati islohot qilishi kerak.

“HAMASning G‘azo ustidan nazorati tugagach, ular tinchlikni qabul qiladigan va HAMAS hamda boshqa guruhlarga boshpana bermaydigan davlat qurishga tayyorgarlik ko‘rishlari kerak”, — dedi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »