Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil rasmiylari Falastin davlatchiligini bir tomonlama tan olishdan rasman voz kechdi. Bosh vazir Binyamin Netanyaxu bu qarorni vazirlar mahkamasida ovozga qo‘ydi va u bir ovozdan ma’qullandi. Bu haqda New York Times xabar berdi.

Foto: Flash90

Isroil rasmiylarining bu qarorga kelishiga G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va garovdagilarni qaytarish bo‘yicha sulhga erishguncha Falastin davlatini tan olish masalasini ko‘rib chiqish haqidagi chaqiriqlar sabab bo‘ldi. Rezolyutsiya Bayden ma’muriyati Isroil va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha kelishuvga vositachilik qilishga urinayotgan paytda qabul qilindi.

AQSH va Saudiya Arabistoni rasmiylarining ta’kidlashicha, istiqbol Isroilning ikki davlat yechimi bilan ishlashga rozi bo‘lishiga bog‘liq, bu Isroil bilan birga Falastin davlatini yaratishni anglatadi.

“Isroil falastinliklar bilan doimiy kelishuvga oid xalqaro diktatlarni qat’iyan rad etadi. Bunday kelishuvga tomonlar o‘rtasida hech qanday shartlarsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar yo‘li bilan erishiladi”, — deyiladi Isroil vazirlar mahkamasi tomonidan tasdiqlangan bayonotda.
“Isroil Falastin davlatining bir tomonlama tan olinishiga qarshi chiqishda davom etadi. 7-oktyabrdagi qirg‘indan keyingi bunday e’tirof terrorizm uchun katta, misli ko‘rilmagan mukofot bo‘ladi va kelajakdagi tinchlik kelishuviga to‘sqinlik qiladi”, — deydi Netanyaxu.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »