Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu urushdan keyin G‘azo sektorini boshqarish bo‘yicha o‘z rejasini birinchi marta Vazirlar mahkamasiga taqdim etdi. Bu haqda The Times of Israel xabar berdi.

Foto: CNN

Bu asosan Netanyaxu urush boshidan beri ta’kidlab kelayotgan tamoyillar to‘plami hisoblanadi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Isroil urushdan keyin butun sektor bo'ylab vaqt cheklovlarisiz harakat erkinligini saqlab qoladi;
  • G‘azo sektorida Isroil aholi punktlari yaqinida xavfsizlik zonasi yaratiladi;
  • Isroil “guruhlarning qayta qurollanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun” G‘azo sektori va Misr o‘rtasidagi chegarani yopiq holda saqlaydi;

Rejada Falastin administratsiyasi tilga olinmagan va uning urushdan keyingi sektorni boshqarishda ishtirok etishi istisno etilmagan. Buning o‘rniga, G‘azo sektoridagi fuqarolik ishlarini “ma’muriy tajribaga ega” va “terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar yoki tashkilotlar” bilan bog‘liq bo‘lmagan “mahalliy amaldorlar” boshqarib borishi ta’kidlanadi.

Reuters agentligining yozishicha, Isroil G‘azo sektorini boshqarish uchun falstinlik qidirmoqda. Bu loyiha sektorning “HAMASdan to‘liq tozalangan” hududlarida amalga oshiriladi. 

“Tegishli reja HAMAS yo‘q qilinganidan keyin amalga oshirilishi mumkin va Isroil va G‘azo sektori aholisi uchun xavf tug‘dirmaydi”, — deydi agentlik manbasi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »