Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil kuchlari 5-fevral kuni G‘azo markazida Birlashgan Millatlar Tashkilotining och aholi uchun oziq-ovqat olib ketayotgan karvoniga hujum qilgan. BMT tahlili va sunʼiy yo‘ldoshdan olingan tasvirlar buni tasdiqladi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Foto: CNN

CNN nashri BMT va Isroil harbiylari o‘rtasidagi yozishmalarni topishga muvaffaq bo‘lgan. Yozishmalarga ko‘ra, yordam karvoni jo‘natilishidan oldin Isroil armiyasi va BMT vakillari o‘rtasida yuk mashinalari olib o‘tiluvchi yo‘lak kelishib olingan. Biroq yuk mashinalari Isroil o‘tkazish postiga kelib, to‘xtab turganda ularga hujum qilingan.

Xabarga ko‘ra, hujumda deyarli hech kim jabrlanmagan. Aholi uchun zarur bo‘lgan birinchi isteʼmol mahsulotlari esa yo‘q qilingan.

Isroil mudofaa kuchlari hujum bo‘yicha CNN so‘rovlariga javob bermagan. Harbiylar 5-fevraldagi hujum tafsilotlari o‘rganilayotganini bildirgan.

5-fevraldagi yordam karvonidan so‘ng G‘azo shimoliga boshqa gumanitar yordam kiritilmadi. Bunga asosiy sabab sifatida yuklar o‘tkazilishiga qarshilik qiluvchi kuchlar mavjudligi hamda oziq-ovqatga muhtoj olomon ichida jamoat tartibining yo‘qolgani ko‘rsatilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »