Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ekspertlari G‘azo sektori va G‘arbiy Sohilda falastinlik ayollar va qizlar qo‘pol inson huquqlari buzilishiga, jumladan, zo‘rlash, asossiz qatl, jinsiy tajovuz va boshqa turdagi haraktlarga duch kelayotganidan xavotir bildirdi. 

Illyustrativ foto: Reuters

Ekspertlar olgan ma’lumotga ko‘ra, falastinlik ayollar G‘azoda oila a’zolari, jumladan, farzandlari bilan birga asossiz qatl etilgan holatlar bo‘lgan.

“Biz falastinlik ayollar va bolalarning boshpana izlagan yoki qochgan joylarda qasddan nishonga olinishi va sudsiz o‘ldirilishi haqidagi xabarlardan hayratdamiz. Xabarlarga ko‘ra, ularning baʼzilari Isroil armiyasi yoki unga tegishli kuchlar tomonidan o‘ldirilganda qo‘llarida oq mato bo‘laklari bo‘lgan”, — deydi ekspertlar.

Mutaxassislar 7-oktyabrdan beri G‘azoda yuzlab falastinlik ayollar va qizlar, jumladan, huquq himoyachilari, jurnalistlar sababsiz hibsga olinganidan jiddiy xavotir bildirgan. Ularning ko‘pchiligi g‘ayriinsoniy va qadr-qimmatni kamsituvchi munosabatga duchor bo‘lgan, ayollar gigiyenik vositalar, oziq-ovqat va dori-darmonlar bilan ta’minlanmagan. Kamida bir marta G‘azoda qo‘lga olingan falastinlik ayollar yomg‘ir va sovuqda, oziq-ovqatsiz qafasda saqlangan. 

Hibsgan olingan falastinlik ayollar va qizlar Isroil armiyasining erkak zobitlari tomonidan yechintirilib, tekshirilgan.

“Kamida ikki falastinlik mahbus ayol zo‘rlangan, qolganlariga esa zo‘rlash va jinsiy zo‘ravonlik bilan tahdid qilingan”, — deydi ekspertlar. 

Shuningdek, qadr-qimmatni kamsituvchi sharoitda mahbus ayollar suratlari Isroil armiyasi tomonidan internetda tarqatilgan. Mutaxassislar G‘azoda Isroil armiyasi bilan aloqada bo‘lgan noma’lum sondagi falastinlik ayollar va bolalar, jumladan, qizlarning bedarak yo‘qolganidan xavotirda.

Isroil armiyasi tomonidan Isroilga majburan olib kelingan qiz, ota-onasidan ajratilgan bolalar haqida ma’lumot bor, ularning qayerdaligi noma’lum. Biz Isroil hukumatiga falastinlik ayol va qizlarning hayoti, xavfsizligi, salomatligi va qadr-qimmatini himoya qilish va hech kim zo‘ravonlik, qiynoqlar, shafqatsiz muomala yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomalaga, shu jumladan jinsiy aloqaga duchor etilmasligini ta’minlash majburiyatini eslatamiz”, — deydi BMT mutaxassislari.

Ular yuqoridagi ma’lumotlarni mustaqil, xolis, tezkor, har tomonlama va samarali tekshirishga hamda Isroilni bunga hamkorlik qilishga chaqirdi.

“Yuqoridagi harakatlar xalqaro inson huquqlari va gumanitar huquqning jiddiy buzilishi va Rim statutiga binoan jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lgan xalqaro jinoiy huquqqa muvofiq og‘ir jinoyatlardir. Uni sodir etganlar javobgarlikka tortilishi kerak, jabrlanganlar va ularning oilalari to‘liq adolatga haqli”, — deya xulosa qiladi ekspertlar.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »