Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil moliya vaziri Bezalel Smotrich AQSHdan G‘azo sektoriga un yetkazib berilishini to‘sib qo‘ydi. Yordam aynan BMTning Falastinlik qochqinlariga (UNRWA) yetkazilishi lozimligi, Isroil esa yuk HAMASga yetib borishidan xavotirda ekanligi bunga sabab bo‘ldi. Bu haqda Axios xabar bergan.

Foto: AP

Isroil va AQSH rasmiylarining bildirishicha, vazir Isroil bojxona xizmatiga yukni UNRWA oluvchi sifatida ko‘rsatilguniga qadar olib chiqmaslikni buyurgan. “Isroil Vazirlar mahkamasida yordam HAMASga yetib bormasligi haqida konsensus mavjud va bunga ishonchim komil bo‘lishi uchun o‘z vakolatimdan foydalanaman”, dedi Smotrich. 

AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller 13-fevral kuni bo‘lib o‘tgan brifingda AQSHdan jo‘natilayotgan un G‘azo sektoridagi 1,5 milliondan ortiq falastinliklarni oziq-ovqat bilan ta’minlashini aytdi. Qo‘shma Shtatlar Isroil hukumati bilan yuk G‘azoga bir martalik yordam sifatida emas, balki bir necha oy davomida doimiy ravishda yetib borishini ta’minlash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Isroil hukumati un yetkazib berishga ruxsat berish majburiyatini olganini qo‘shimcha qildi Miller.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »