Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Eronning yuqori martabali harbiy qo‘mondoni AQSHning Yaqin Sharq mintaqasidagi mavjudligi uchun sabablarni sunʼiy shakllantirishga urinishlarini qoralab, Vashington Isroil rejimining G‘azoga qarshi urushidan bahona sifatida foydalanayotganini maʼlum qildi. Bu haqda Tasnim News nashri xabar berdi.

Foto: Tasnim News

19-fevral kuni Eron janubidagi Bandar Abbos port shahrida ikkita yangi patrul va jangovar kemani namoyish qilish uchun o‘tkazilgan tadbirda Eron Qurolli kuchlari shtabi boshlig‘i general mayor Muhammad Husayn Baqiriy ham ishtirok etgan. Baqiriy tadbirdagi nutqida Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyat nihoyatda “nozik” va “keskin” ekanini bildirgan. General mintaqadagi ishtiroki maʼlum darajada cheklangan agressiv AQSH armiyasi darhol mintaqaga qaytish uchun bahona izlayotganligini aytgan.

Eron vakiliga ko‘ra, 7-oktabr kuni HAMAS boshlagan “Al-Aqso bo‘roni” operatsiyasi AQSHga O‘rta Yer dengizi, Qizil dengiz va Hind okeanining g‘arbiy qismlariga qo‘shinlarini joylashtirish uchun bahona bo‘lgan. O‘zining harbiy va siyosiy maqsadlariga erishish uchun ham AQSH sionistik rejimning jinoyatlariga ko‘z yumgan.

G‘azo urushi taqdiri haqida gapirgan general Baqiriy sionist rejimi tuzatib bo‘lmaydigan va misli ko‘rilmagan halokatli mag‘lubiyatga uchrash arafasida ekanini aytgan. Hech bir kuch bu mag‘lubiyatning oldini ololmasligi taʼkidlangan.

General, shuningdek, Eron armiyasining qarshilik kuchlarini xalq va davlat xavfsizligini himoya qiluvchi ishonchli qalqon sifatida olqishlab, mamlakat harbiy kuchlari har bir tahdidni jiddiy qabul qilishga va har qanday tahdidga qarshi kurashishga tayyor ekanligiga ishonch bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »