Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

17-fevral kuni Eronda 30 yoshli erkak 12 nafar qarindoshini, jumladan, otasi va ukasini otib o‘ldirgan. Bu haqda Eron mahalliy nashrlariga tayanib, CNN xabar berdi.

Foto: Iran News

Manbada aytilishicha, shaxsi oshkor etilmagan erkak Kalashnikov avtomatidan foydalanib, oila aʼzolarini o‘ldirgan. Keyinroq jinoyatchining o‘zi ham Kirmon viloyati xavfsizlik kuchlari tomonidan otib o‘ldirilgan.

Xabarda keltirilishicha, olis qishloqlardan birida sodir bo‘lgan bu otishmaga oilaviy nizo sabab bo‘lgan. Nizo tafsilotlari haqida to‘liq maʼlumot taqdim etilmagan.

Eronda oddiy fuqarolar egalik qilishi mumkin bo‘lgan yagona qurol ov miltig‘idir. Jinoyatchi yonidan zamonaviy o‘qotar qurol topilishi esa tegishli organlarni xavotirga solgan. Voqea yuzasidan xavfsizlik xizmatlari tekshiruvni kuchaytirishi maʼlum qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »