Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qoraqalpog‘iston Respublikasida bojxona posti orqali qurol va o‘q dorilarni yashirincha olib o‘tishga uringanlar to‘xtatib qolindi. Bu haqda bojxona boshqarmasi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi

Qayd etilishicha, “Dovud-ota” chegara bojxona postiga Rossiyadan Lada Largus rusumli avtotransport vositasida kirib kelgan fuqaroning qo‘l yuklari va bagaji bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida uning qora rangli sumkasi ichidan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida maʼlum qilinmagan, tegishli ruxsatnomalarga ega bo‘lmagan 1 dona 4,5 millimetrli “Stalker” nomli pnevmatik to‘pponcha, 25 dona pnevmatik pistolet gaz ballonlari hamda 1482 dona pnevmatik to‘pponcha o‘qlari borligi aniqlangan.

Foto: Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi

Xuddi shunday yana bir holatda “Dovud-ota” chegara bojxona postiga Lacetti rusumli avtotransport vositasida kirib kelgan fuqaro bojxona nazoratidan o‘tkazilganida 1 dona 9 mmli “Ansar BRT” nomli shovqinli to‘pponcha hamda 36 dona 9 mmli “R.A.K” nomli rezina uchli patronlarni Rossiyadan Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga olib o‘tayotgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtirish ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq “Yallama” chegara bojxona post xodimlari tomonidan O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan masʼuliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga kuryerlik jo‘natmalari bojxona nazoratidan o‘tkazilganida uning ichidan pnevmatik to‘pponcha chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »