Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari mamlakat hududiga pnevmatik to‘pponchaning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘ydi. Bu haqda boshqarma matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi

Ma’lum qilinishicha, “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan postga piyoda holda kirib kelgan fuqaroning qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. Uning yonida og‘zaki so‘rovda maʼlum qilinmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, qiymati 1 dona “S84 Stalker ST-11051M” nomli 4,5 millimetr kalibrli pnevmatik to‘pponchani borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.

Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekistonning ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi 2022-yil 31-mayda qabul qilingan qonunga ko‘ra, pnevmatik, gazli, signal beruvchi, uloqtirish va tig‘li sovuq qurol va elektroshok qurilmalari shuningdek o‘qotar qurolning asosiy qismlari bilan qonunga hilof ravishda muomalada bo‘lish yoki qurol muomalasi qoidalarini buzganligi uchun jinoiy va maʼmuriy javobgarlik choralari belgilangan.

Avvalroq “Yallama” chegara bojxona post xodimlari tomonidan O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan masʼuliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga kuryerlik jo‘natmalari bojxona nazoratidan o‘tkazilganida uning ichidan pnevmatik to‘pponcha chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »