Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bryusselda 19-fevral kuni Yevropa Ittifoqining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv doirasida Isroil G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish, barcha isroillik asirlarni ozod qilish va tinch aholiga gumanitar yordam ko‘rsatish mazmunidagi bayonot 26 ta davlat tomonidan ma’qullangan. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Foto: Newsland
“Biz tinch aholi himoyasini har doim xalqaro gumanitar huquqqa muvofiq ta’minlash muhimligini ta’kidlaymiz. Isroilni Rafah shahrida harbiy harakatlar o‘tkazmaslikka chaqirilgan”, — deyiladi bayonotda.

DPA’ga ko‘ra, hozirda Rafah shahrida bir millionga yaqin tinch aholi istiqomat qiladi. Ularning aksariyati G‘azo sektorining boshqa qismlaridan kelgan qochqinlardir.

Tashqi ishlar vazirlarining qo‘shma bayonotiga qo‘shilmagan yagona Yevropa Ittifoqi davlati Vengriya bo‘ldi, deb yozadi DPA. Ta’kidlanishicha, Vengriya Isroilga nisbatan do‘stona munosabatda.

Avvalroq 26-yanvar kuni Xalqaro sud JARning Isroilga qarshi da’vosi bo‘yicha profilaktik choralar to‘g‘risidagi qarorni e’lon qilgan edi. Gaaga sudi Isroilga genotsidning oldini olishni buyurgan. Bundan tashqari, Isroil Falastin hududlaridagi tinch aholiga gumanitar yordam yetkazilishiga ruxsat berishi kerakligini ta’kidlagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »