Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

BMT G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish uchun Xavfsizlik kengashida yana ovoz berishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Biroq AQSH unga veto qo‘yish niyatida. Bu haqda CNN xabar berdi.

Foto: Getty Images


BMT Xavfsizlik kengashi G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish rezolyutsiyasini ovozga qo‘ymoqchi. Hujjat Jazoir tomonidan tayyorlangan bo‘lib, tashkilotning 15 aʼzosini Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urushda zudlik bilan gumanitar o‘t ochishni to‘xtatishni talab qilishga chaqirgan.

AQSHning BMTdagi elchisi Linda Tomas-Grinfild, agar Jazoir taklif qilgan rezolyutsiya loyihasi ovoz berishga qo‘yilsa, u Vashington tomonidan qabul qilinmasligidan ogohlantirdi. Elchi AQSH Isroil va HAMAS o‘rtasida garovga olinganlarni ozod qilish va harbiy harakatlarni kamida olti haftaga to‘xtatishga olib keladigan kelishuv ustida ishlayotganini aytdi.

“O‘tgan haftada prezident Bayden Isroil bosh vaziri Netanyaxuga, shuningdek, Misr va Qatar rahbarlariga ushbu kelishuvni ilgari surish uchun ko‘plab qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirdi. Bo‘shliqlar saqlanib qolsa-da, asosiy elementlar ko‘rib chiqilmoqda”, — dedi Linda Tomas-Grinfild.

Vashingtonga ko‘ra, HAMAS va Isroil o‘rtasidagi kelishuv muammoni hal qilishning eng yaxshi yo‘lidir. Elchi bu “barcha garovga olinganlarni oilalari bilan birlashtirish va jangovar harakatlarda uzoq vaqt pauzani ta’minlash” imkonini berishini aytdi. Bunday pauza falastinliklarga oziq-ovqat, suv, yonilg‘i, dori-darmon va boshqa asosiy ehtiyojlarni yetkazib berish uchun zarur.

AQSHning BMTdagi elchisining ta’kidlashicha, “boshqa tomonlar bu jarayonni xavf ostiga qo‘yadigan choralarni va harbiy harakatlarni yakuniy hal qilish imkoniyatini ilgari surmasligi kerak”.

O‘z navbatida, BMTdagi arab davlatlari Jazoirning G‘azoda zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va Isroildan Rafahda to‘siqsiz gumanitar yordam ko‘rsatishini talab qiluvchi rezolyutsiya loyihasini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »