Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashida G‘azodagi urush bo‘yicha rezolyutsiyaga ovoz berish yana qoldirildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: Anadolu

Diplomatik manbalarga ko‘ra, BMT Xavfsizlik Kengashi HAMAS va Isroil o‘rtasidagi urush bo‘yicha rezolyutsiyaga ovoz berishni yana bir bor kechiktirdi. Rezolyutsiyani tayyorlash jarayonida bir qator takliflarga qarshi chiqqan AQSH uni hozirgi shaklda qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirganiga qaramay, ovoz berish qoldirildi.

Bir necha kunlik kechikishlar va uzoq davom etgan muhokamalardan so‘ng, so‘nggi loyiha “zudlik bilan xavfsiz va to‘siqsiz gumanitar kirishni ta’minlash, shuningdek, harbiy harakatlarni barqaror to‘xtatish uchun sharoit yaratish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rish”ni talab qiladi.

Rezolyutsiya loyihasi BAA tomonidan taklif qilingan va Vashington keskin norozilik bildirgan asl nusxada bo‘lgani kabi harbiy harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirmaydi. AQSHning BMTdagi elchisi Linda Tomas-Grinfild jurnalistlarga rezolyutsiya hozirgi ko‘rinishida taklif qilinsa, Vashington uni qo‘llab-quvvatlashi mumkinligini aytdi.
 

“Bu arab guruhi tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlangan juda kuchli rezolyutsiya”, — degan u.

 
Rezolyutsiyaga ovoz berish yana qoldirilgani sababi aniq ma’lum emas. Xavfsizlik kengashining veto huquqiga ega doimiy a’zosi bo‘lgan AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Isroil rezolyutsiyada “sulh” atamasini qo‘llashga qarshi.

Times of Israel manbalari ovoz berish yo‘lidagi asosiy to‘siqlardan biri BMTning G‘azo sektoriga kelayotgan yordamni nazorat qilish mexanizmini yaratish taklifi ekanini ta’kidlagandi. Ko‘rinishidan, bu talab bekor qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »