Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

BMT Bosh assambleyasi Isroilni Golan tepaliklarini tark etishga va 1967-yilgi chegaralariga qaytishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi. O‘zbekiston uning qabul qilinishi uchun ovoz berdi. 

BMT Bosh assambleyasining 78-sessiyasida Isroilni 1967-yildagi chegaralariga qaytishga chaqiruvchi rezolyutsiya ovozga qo‘yildi. 

Rezolyutsiyani 91 ta davlat qo‘llab-quvvatladi, sakkiztasi qarshi chiqdi, 62 davlat betaraf qoldi. Hujjat uchun O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Braziliya, Hindiston, Xitoy, Saudiya Arabistoni va boshqalar ovoz berdi. AQSH, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, Isroil va boshqalar esa qarshi chiqdi.

Falastinning BMTdagi doimiy kuzatuvchisi Riyod Mansuraning aytishicha, bu falastinliklar G‘azo sektorida boshdan kechirgan eng halokatli davrdir.

“Ular avvalgi ko‘plab hujumlarga guvoh bo‘ldi. Kamida 15 ming falastinlik halok bo‘ldi, 30 mingdan ziyodi yaralandi. Bu Falastin va uning xalqiga qarshi keng ko‘lamli urush. G‘azoda 1,8 milliondan ortiq tinch aholi yoki aholining qariyb 80 foizi o‘z uylarini tashlab ketishga majbur bo‘lgani taxmin qilinmoqda, G‘azodagi qariyb 1,1 million kishi BMTning Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam agentligi va tashkilot tomonidan boshqariladigan muassasalarda boshpana topmoqda, ular BMT bayrog‘i ostida ham himoyalanmagan”, — dedi u Bosh assambleya sessiyasida.

Golan tepaliklari Yaqin Sharqdagi hududdir. Hozirda uning katta qismi Isroil, sharqiy qismi esa Suriya nazoratida. Golan tepaliklari to‘g‘risidagi qonun 1981-yil 14-dekabrda Knesset (Isroilning bir palatali qonun chiqaruvchi organi) tomonidan ratifikatsiya qilingan. U xalqaro miqyosda qoralangan va BMT Xavfsizlik kengashining 1981-yil 17-dekabrdagi 497-sonli rezolyutsiyasiga binoan o‘z kuchini yo‘qotgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »