Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi Falastin—Isroil mojarosi bo‘yicha Misr va Mavritaniya tomonidan taqdim etilgan rezolyutsiyani qabul qilish uchun ovoz berdi. Rezolyutsiyada o‘t ochishni to‘xtatish talabi bor. Uning qabul qilinishi uchun 153 davlat, jumladan, O‘zbekiston ovoz berdi. 10 ta davlat, jumladan Isroil, AQSH va Avstriya qarshi chiqdi.

Foto: BMT veb-sayti

BMT press-relizida aytilishicha, o‘t ochishni to‘xtatish uchun ovoz berganlar orasida Rossiya, Eron, Xitoy Braziliya, Ispaniya, Kuba, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Fransiya, Shveysariya va Shvetsiya ham bor. 23 davlat, jumladan, Buyuk Britaniya, Germaniya va Ukraina betaraf qoldi.

Uchrashuvda BMT Bosh Assambleyasi AQSH va Avstriya tomonidan kiritilgan tuzatishlarni rad etdi. Ulardan birinchisi Falastinning HAMAS harakatini qoralashni talab qilgan bo‘lsa, ikkinchisi garovga olinganlar HAMAS va boshqa guruhlar qo‘lida ushlab turilganiga e’tibor qaratadi.

Qabul qilingan hujjatning asosiy nuqtalari o‘t ochishni to‘xtatish va xalqaro huquq normalariga rioya qilish talabi edi. Xususan, u barcha garovga olinganlarni ozod qilishni va G‘azo sektoriga insonparvarlik yordami yetkazilishini talab qiladi.

9-dekabr kuni AQSH BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha rezolyutsiyaga veto qo‘ydi. Qo‘shma Shtatlar BAA delegatsiyasi tomonidan taqdim etilgan rezolyutsiyaga qarshi ovoz bergan yagona kengash a’zosi bo‘ldi. Yana 13 davlat, jumladan, Rossiya, Xitoy va Fransiya yoqlab ovoz bergan, Britaniya esa betaraf qolgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »